Kategoriler
UZA

Jizzax politexnika instituti Xalqaro reytingda O‘zbekiston OTMlari o‘rtasida 1-o‘rinni egaladi

“UI GryeyenMyetric” xalqaro reyting agentligi “Ovyerall Rankings 2022” natijalarini e’lon qildi.

Reyting natijasiga ko‘ra, Jizzax politexnika instituti xalqaro reytingda O‘zbekiston OTMlari o‘rtasida 1-o‘rinni egaladi.

Bu haqida Jizzax politexnika instituti Matbuot xizmati xabar berdi.

Jizzax politexnika instituti Xalqaro reytingda O‘zbekiston OTMlari o‘rtasida 1-o‘rinni egaladi

UI GreenMetric World University Ranking – “ekologik” universitetlarning global reytingi Indoneziya universiteti tomonidan 2010 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.

Reytingni tuzuvchilar ilmiy jamoatchilik e’tiborini ba’zi ekologik muammolarni hal qilish uchun atrof-muhitni barqaror rivojlantirish siyosati zarurligiga jalb qilishga intiladilar. Asosiy reyting mezonlari energiya iste’molini tejash suv resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni saqlash va qayta ishlash, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, kampusdagi yashil hududlarning maydoni kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

Reytingda ushbu sohada olib borilayotgan o‘quv va ilmiy faoliyat ko‘rsatkichlariga katta e’tibor beriladi.

Reyting tuzishda ishlab chiquvchilar oltita mezondan foydalandilar, ularning har biri bir nechta ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:

1. Universitet atrof-muhiti va infratuzilmasi (koyeffitsiyenti – 15 foiz), 6 ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi. Ular orasida ikkalasi ham universitet kampusining tabiiy muhitga bo‘lgan munosabatini tavsiflovchi o‘ziga xos “ekologik” ko‘rsatkichlar (masalan, o‘rmon shaklida o‘simlik bilan qoplangan kampus maydonining foizi va asosiy akademik reytinglarda keng qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar: talabalar soni, ilmiy va ma’muriy xodimlar soni).

2. Energiyadan samarali foydalanish va iqlim o‘zgarishiga bo‘lgan ta’siri (21 foiz). U 8 ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi, masalan, energiya tejaydigan uskunalardan foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalari, yiliga jami energiya iste’moli (kVt * soat) va boshqalar.

3. Chiqindilarni qayta ishlash (18 foiz). Bu universitetning chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi imkoniyatlarini baholaydigan 6 ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi (universitet chiqindilarini utilizatsiyalash dasturi, zaharli chiqindilarni utilizatsiyalash dasturi, kampusda qog‘oz va plasmassadan foydalanishni qisqartirish siyosati va boshqalar).

4. Suv resurslaridan oqilona foydalanish (10 foiz). Faqat 4 ko‘rsatkich mavjud: suvni tejash dasturi va musluk suvidan foydalanish.

5. Transport siyosati (18 foiz). U 8 ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi (universitetga tegishli transport vositalari soni, universitet hududiga har kuni kiradigan avtomobillar soni, universitet hududida har kuni harakatlanadigan velosipedlar soni, kampusda avtomobillar to‘xtash joyini cheklash yoki kamaytirishga qaratilgan transport siyosati va boshqalar).

6. Ta’lim (18 foiz). Bunga universitetlarning ekologik bilimlarni yaratish va tarqatishdagi faoliyatini baholaydigan 7 ko‘rsatkichlar kiritilgan (atrof-muhit masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari, atrof-muhit muammolarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy fondlar, atrof-muhitga oid nashr etilgan ilmiy ishlar soni va boshqalar).

Jizzax politexnika instituti Xalqaro reytingda O‘zbekiston OTMlari o‘rtasida 1-o‘rinni egaladi

“Yashil reyting” boshqa reytinglarga nisbatan bir qator inkor etilmaydigan afzalliklarga ega.

O‘zA

Kategoriler
UZA

Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi

Buxoroda neft va gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlash maqsadida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Mirali Hamroyev, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuxrat Dauletiyarov, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universiteti rektori Viktor Martinov, universitetning Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori Abdulla Magrupov, Buxoro viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Xalq ta’limi boshqarmasining rahbarlari va mutaxassislari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar direktorlari qatnashdi.

Tantanali ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar o‘quv bo‘limida yaratilgan sharoit bilan tanishdi. Hududiy tayyorov bo‘limi o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.

Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi

Buxoro neft va gaz sanoati kolleji negizida tashkil etilgan zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyasi ochildi. Laboratoriya barcha zarur asbob va jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Bilim dargohida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Zamonaviy va yorug‘ o‘quv xonalari tashkil etilgan.

Buxoro neft va gaz kolleji negizida Hududiy tayyorlov bo‘limi uchun 4-qavat binosi rekonstruksiya qilindi. Fizika, matematika, rus tili kabinetlari, mustaqil ta’lim xonasi, o‘qituvchi va metodistlar xonasi jihozlandi. Barcha o‘quv xonalari va kabinetlar zamonaviy partalar, mebel va zarur narsalar bilan to‘ldirildi.  

Buxoro neft va gaz sanoati kolleji negizida umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va texnikumlar o‘quvchilari uchun matematika, fizika va rus tili fanlaridan bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda. Tinglovchilarni saralash tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining tajribali, Buxoro shahrining yuqori malakali o‘qituvchilari jalb etilgan.

Ushbu loyiha I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialiga o‘qishga kirishni xohlovchilar uchun  katta imkoniyat yaratadi.

Ma’lumot uchun: Buxoro neft va gaz sanoati kolleji bilan birgalikda umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar o‘quvchilaridan hududiy tayyorlov bo‘limida o‘quvchilar guruhlarini shakllantirish bo‘yicha kasbga yo‘naltirish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zA

Kategoriler
UZA

O’zbekiston kikboksingchilari qit’a chempionatida 24 ta medalli bo‘ldi

Tailandning Bangkok shahrida kikboksing bo‘yicha yakunlangan Osiyo chempionatida O’zbekiston vakillari 24 ta medal shodasini qo‘lga kiritdi.

Kecha, 18 dekabr kungi musobaqalarda O’zbekiston kikboksingchilaridan Davlatbek Abdumurodov, Sergey Kosolapov, Nazarbek Mahmudov, Hasanxon Baratov, Murodbek Azimov va Husanxon Baratov o‘z vaznlarida oltin medallarga musharraf bo‘ldi.

Osiyo chempionatining 27 ta yo‘nalishida qatnashgan 22 nafar kikboksingchimiz shiddatli bellashuvlar yakunida 10 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Sportchilarimizning 6 nafari chempionat doirasida o‘tgan jang san’ati o‘yinlari yo‘llanmasi uchun bahslarda qatnashdi.

E’tiborlisi, vakillarimizdan Zarifjon Istamov, Sergey Kosolapov va Malika Choriyeva keyingi yil Ar-Riyodda o‘tadigan Jahon o‘yinlari musobaqasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zA

Kategoriler
UZA

O‘zbekistonda suv sport turlari ommalashtiriladi

O‘zbekistonda suv sport turlari ommalashtiriladi. Bu haqda Xalqaro suv sport turlari federatsiyasi (World Aquatics) eksperti Aleksey Akatev bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World Aquatics) eksperti Aleksey Akatev bilan suv sporti turlarini mamlakatimizda rivojlantirish borasida hamkorlik qilish, hududlarda 6-10 yoshli bolalar o‘rtasida suzish sportini targ‘ib etish, jahon tajribasi asosida yangi dasturlar ishlab chiqish kabi masalalar xususida fikrlashdi.  

O‘z navbatida xorijlik mutaxassis mamlakatimizning ko‘plab hududlaridagi suv sporti maskanlarida bo‘lganligini aytib, Samarqand shahridagi ochiq suv havzasi barcha talablarga javob berishi va bu inshoot bolalar o‘rtasida suv sport turlarini ommaviyligini kuchaytirish, kelgusida turli yosh toifalarida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun juda qulayligini bildirdi.  

Muloqot yakunida «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni samarali davom ettirish, xorijlik seleksionerlar bilan respublika bo‘ylab iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida kelgusi yilning fevral oyida mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.  

O‘zA

Kategoriler
UZA

Qit’aning eng kuchlilari Toshkentda aniqlanadi

Bugun, 16 dekabr kuni poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida qit’a chempionati boshlandi.

Kecha ushbu chempionat doirasida o‘tkazilgan Osiyo karate federatsiyasi kongressida ishtirok etgan Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos, Osiyo karate federatsiyasi prezidenti, general-mayor Nasir Abdurrazzoq kabi martabali mehmonlar O‘zbekiston keyingi yillarda yirik sport musobaqalari o‘tkaziladigan mamlakatga aylanib borayotganligi, bu yerda sport turlarining xalqaro rivoji borasida muhim qarorlar qabul qilinayotganligini e’tirof etdi. 

Qit’aning eng kuchlilari Toshkentda aniqlanadi

Tadbirda qatnashgan Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov qit’a chempionati tufayli Osiyoning eng kuchli karatechilari Toshkentda jam bo‘lganligi quvonchli va e’tiborli voqea ekanligini ta’kidladi.  

O‘zbekiston karate WKF federatsiyasi raisi Rashid Tolipov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov, Osiyo mamlakatlari karate federatsiyasi rahbarlari, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etgan kongress davomida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.  

Qit’aning eng kuchlilari Toshkentda aniqlanadi

Shuningdek, 2023 yil Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tadigan Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan karate musobaqalari tayyorgarligiga e’tibor qaratildi.  

Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizda karate bo‘yicha boshlanayotgan qit’a chempionati bahslari 20 dekabrga qadar davom etadi.  

O‘zA

Kategoriler
UZA

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha kelishuv ratifikatsiya qilindi 

Qozog‘iston Respublikasi Senati deputatlari fuqaro mudofaasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida ikkita bitimni ratifikatsiya qildi. Mazkur hujjatlar avvalroq O‘zbekiston va Turkmaniston hukumatlari tomonidan imzolangan edi, deb yozmoqda «Kazinform» agentligi.

Qozog‘iston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilinning izoh berishicha, mazkur kelishuv mamlakatlarga favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, agar xavf paydo bo‘lsa, aholini zarur harakatlarni amalga oshirishga tayyorlash sohasida tajriba almashish imkonini beradi. Kelishuv davlatga qarashli o‘quv muassasalarida fuqaro himoyasini ta’minlash sohasida mutaxassislarni o‘qitishni ham o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, kelishuvning ratifikatsiya qilinishi mamlakatlarning birida yuz bergan favqulodda vaziyatni bartaraf etishda o‘zaro yordam ko‘rsatishni ham nazarda tutadi. Agar davlatlarning biri hududida favqulodda vaziyat ro‘y bersa, halokat-qutqaruv tuzilmalari davlat chegaralarini kesib o‘tishi va kuchlarini hamda vositalarini olib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O’zA

Kategoriler
UZA

O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida «Marmara Grup» ijtimoiy va strategik tadqiqotlar fondi prezidenti Akkan Suver boshchiligidagi turkiyalik ekspertlar delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari, Samarqand TDT sammitining asosiy natijalari muhokama qilindi.

Ilmiy-tahliliy markazlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilari joriy yilda keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston va Turkiya munosabatlarining bugungi holatini yuqori baholashdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar yuksalish yo‘lida barqaror rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari o‘rtasida yaqin va ishonchli muloqot yo‘lga qo‘yilgani ikki tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirishning asosiy omili ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda tomonlar 2018 yilda Istanbulda imzolangan SMTI va «Marmara Grup» fondi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish doirasida 2023 yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasini tasdiqladi.

Ushbu hujjat mintaqa kun tartibining eng dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shma tadbirlarda ishtirok etish, nashrlar almashinuvi va ikki tomonlama onlayn konferensiyalar tashkil etishni nazarda tutadi.

«Marmara Grup» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi 1985 yilda Turkiyaning sobiq prezidenti Sulaymon Demirel ko‘magida tashkil etilgan jamoat tashkiloti hisoblanadi.

Kategoriler
UZA

Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi 24 dekabr kuni Tokioda Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi hamkasblari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda kun chiqar yurt TIV ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, muzokara davomida umumiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mintaqasini barqaror rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi.

Kun tartibidan xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina va Afg‘onistondagi vaziyat ham o‘rin olgan. Tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda.

Joriy formatga 2004 yilda asos solingan.

Kategoriler
Uncategorized UZA

Kolumbiyada O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi

Kolumbiyaning Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionatining o‘ninchi kuniga kelib mamlakatimiz terma jamoasi “Parij-2024” Olimpiadasi reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqaning ilk medallarini qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida 87 kilogramm vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova shiddatli va murosasiz bahslarda o‘z irodasini namoyish etdi. Kuchli ruhiy bosimga qaramasdan hamyurtimiz dast ko‘tarishda 112 kilo toshni bo‘ysundirgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Siltab ko‘tarish mashqida 129 kilo natija bilan 8-pog‘onada qayd etildi. Ikki kurashdagi umumiy 241 kilo esa so‘nggi sarhisobda T.Jabborovaning jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari orasida bronza medaliga musharraf bo‘lishini ta’minladi.  

Kolumbiyada O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi

Terma jamoamiz a’zosi Tursunoy Jabborova munosib yutuqqa erishgan mazkur vazndagi oltin va kumush medallar Norvegiya va Avstraliya sportchilariga nasib etdi.  

Kolumbiya bahslari orqali kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida ilk bor qatnashgan Sharofiddin Amriddinov 102 kilogramm vaznda dast ko‘tarishda 172 kg, siltab ko‘tarishda 197 va ikki kurashda 369 kg bilan 50 nafardan ziyod mahoratli sportchilar orasida 13-o‘rinni egalladi.  

Kolumbiyada O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi

Jahon chempionatining ortda qolgan kunlarida sportchilarimizdan Nigora Abdullayeva 55 kilogrammda 6-o‘rinni, Doston Yoqubov 67 kilogrammda 8-pog‘onani, Muhammadqodir Toshtemirov 81 kilogrammda 7-o‘rinni, Og‘abek To‘xtayev 11-o‘rinni egallagan holda bahslarni yakunlagan edi.  

Olimpiya o‘yinlarining dastlabki reyting ochkolari o‘ynalayotgan chempionatning oxirgi 12 va 13 kungi musobaqalari 16-17 dekabr kunlari o‘tkaziladi. Ushbu bahslar 109 hamda +109 kilogrammli polvonlar ishtirokida kechadi.  

Eslatib o‘tamiz, 90 dan ziyod davlatning 550 nafarga yaqin eng kuchli og‘ir atletikachilari ishtirokida o‘tayotgan Jahon chempionatining ertaga, 16 dekabrdagi musobaqalari 109 kilogramm vazn toifasida tashkil etilib, unda chempionlik uchun kechadigan kurashlarda Ruslan Nuruddinov supaga ko‘tariladi.  

O‘zA

Kategoriler
UZA

Jahon sportidagi g‘alabalar – O’zbekiston iftixoridir

O‘tayotgan yil davomida O‘zbekiston sportchilari xalqaro musobaqalarda 1900 dan ziyod medallar jamlanmasiga ega chiqdi.

Yurtimiz sportchilarining jahon sport maydonlarida dovruq qozonishida ichki chempionatlarning, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining o‘rni beqiyos.  

Xo‘sh, mamlakatimiz sportchilari 2022 yil davomida qancha ichki chempionatlarda, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdi? Buning natijasida shakllangan, saralangan, toblangan sportchilarimiz nechta jahon chempionati va kuboklarida qatnashdiyu, medallar salmog‘i qay ko‘rinishda bo‘ldi?  

Sportni rivojlantirish vazirligi jamoaviy sport turlari bo‘limi boshlig‘i Nuriddin Mahmudov bilan shu haqda suhbatlashdik.  

Jahon sportidagi g‘alabalar – O'zbekiston iftixoridir

– O‘tayotgan yil mamlakatimiz sporti uchun sermahsul davr bo‘ldi. Hamyurtlarimiz bugungacha nechta jahon chempionatlarida qatnashib, medallar salmog‘i qay ko‘rinishda bo‘ldi?  

– Darhaqiqat, o‘tayotgan yil O‘zbekiston sporti uchun yutuqlarga boy bo‘ldi. Bugungacha yurtimizning 380 nafar atrofidagi mahoratli sportchilari 26 ta sport turi bo‘yicha o‘tgan jahon chempionatlarida qatnashib, 43 ta oltin, 47 ta kumush, 42 ta bronza, jami 132 ta medallar jamlanmasini qo‘lga kiritdi.  

– Qit’a chempionatlari va xalqaro musobaqalardagi natijalarimiz qanday ko‘rinish oldi?  

– Joriy yil o‘tishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo o‘yinlarining Xitoydagi epidemiologik vaziyat tufayli bir yilga kechiktirilishi chempionatlar va xalqaro musobaqalar sifatiga ta’sir ko‘rsatdi. Shunday bo‘lsada, natijalarimiz yomon ko‘rinish olmadi. 400 nafarga yaqin sportchilarimiz qit’a chempionatlarida, 5 mingdan ortig‘i xalqaro musobaqalarda vatanimiz sharafini himoya qildi. Qit’a chempionati va kubok musobaqalarida hamyurtlarimiz 250 taga yaqin sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, shundan, 80 ta oltin, 76 ta kumush, 90 ta bronza medallaridan iborat bo‘ldi. Xalqaro musobaqalardagi yutuqlarimiz esa bundan ham e’tiborli: 430 ta oltin, 489 ta kumush, 521 ta bronza medallari.  

– Xalqaro musobaqalardagi natijalar albatta ichki chempionatlar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining samaradorligiga bog‘liq. Bu yil nechta O‘zbekiston chempionati va terma jamoalar uchun qancha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etildi?  

– Haqiqatan, jahon sport maydonlaridagi muvaffaqiyatlarimizning asosiy omili, bu – ichki chempionatlar va rejali o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hisoblanadi. Bugungacha mamlakatimizdagi mavjud sport turlari bo‘yicha Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida umumiy hisobda 550 ga yaqin rasmiy chempionat va kubok musobaqalari o‘tkazildi. Bu orqali 72 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar orasidan mahoratli sportchilar terma jamoalarga nomzod sifatida saralandi. Ular chempionlik sharafiga ega bo‘ldi. Saralangan sportchilar ishtirokida 205 ta ichki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va 85 ta xalqaro o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildiki, aynan ular mamlakatimiz sportining «oltin zaxirasi», bo‘ldi deyishimiz mumkin.  

– Jahon sport maydonlaridagi umumiy medallarimiz soni qanchani tashkil qilmoqda?  

– Yil yakuniga qadar hali bir qator sport turlaridagi vakillarimiz jahon chempionatlari, «Parij-2024» olimpiadasi uchun o‘tkaziladigan reyting turnirlarda, ochiq birinchiliklarda qatnashayotgan pallada umumiy sovrinlarimiz soni 1900 taga yaqinlashdi.  

Shundan 550 tadan oshig‘i oltin medallar ekanligini nazarda tutsak, xalqaro sport maydonlarida 500 martadan oshiq O‘zbekiston madhiyasi yangrab, vatanimiz nomi ulug‘langanligini anglatadi.  

O‘zA