1QeMNRto4Ma43gywi5d5hkZEMaVhPTid Front

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vobkent tumani Xalq qabulxonasida joriy yilning 6 oyi davomida jami 1 ming 75 nafar fuqarodan 1 ming 160 ta masala yuzasidan murojaatlar qabul qilingan.

Murojaatlarning 737 tasi tuman hududidagi tashkilotlarga, 405 tasi viloyat, respublika miqyosidagi tashkilotlarga yuborildi. 18 ta murojaat Xalq qabulxonasida o‘rganildi. Qabul qilingan murojaatlarning 756 tasi ya’ni 71 foizi  qanoatlantirilgan. 443 tasi ijobiy hal etilgan. 298 tasi huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali hal qilingan. 15 ta murojaat asosli deb topilib, hal etilishi qo‘shimcha hujjat, muddat va o‘rganish talab qilingan murojaatlar hisoblanadi. 314 ta murojaat yuzasidan murojaat mualliflariga turli xil tushuntirishlar berildi. Hozirda 87 ta murojaat tuman, viloyat, respublika miqyosidagi tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda.

–Xalq qabulxonasi boshchiligida sektorlar va davlat rahbarlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 96 marotaba ommaviy (sayyor) qabullar tashkil etilgan, – deydi Vobkent tumani Xalq qabulxonasi mudiri Laylo Sharipova. – Qabullarda 304 nafar fuqarolardan 330 ta masala yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 67 foizi qanoatlantirilgan.

Hududlarda 96 marotaba yoshlar bilan uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etildi. Tadbirlarda yoshlarda 165 ta fuqarodan 167 ta murojaat qabul qilindi murojaatlarning 62 foizi ijobiy hal etildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vobkent tumanidagi Xalq qabulxonasiga yo‘llangan murojaatlar sektorlar kesimida tahlil qilinganda 1-sektorda 337 ta, 2-sektorda 276 ta, 3-sektorda 255 ta, 4-sektorda 218 ta murojaatlar qabul qilingan.

Joriy yilning o‘tgan davrida tuman Xalq qabulxonasiga 1-sektor bo‘yicha eng ko‘p yo‘llangan murojaatlar “Xo‘jarabod” MFYdan 47 ta, “Ko‘lxatib MFYdan 45 ta, “Kumushkent” MFYdan 31 ta, “G‘aribshoh” MFYdan 30 ta murojaatlar  kelib tushgan. 2-sektor bo‘yicha eng ko‘p yo‘llangan murojaatlar “Shohnigor” MFYdan 41 ta, “Xajuvon” MFYdan 35 ta, “Qo‘qin” MFYdan 31 ta murojaatlar yo‘llangan. 3-sektor bo‘yicha eng ko‘p yo‘llangan murojaatlar “Shifokor” MFYdan 30 ta, “Kulolchi” MFYdan 28 ta, “Nayman” MFYdan 26 ta, “Ponob” va “O‘zbakon” MFYlaridan 25 tadan murojaatlar kelgan. 4-sektor bo‘yicha eng ko‘p yo‘llangan murojaatlar “Shakarkent” MFYdan 41 ta, “Latifsobungar” MFYdan 38 ta, “Vobkent” MFYdan 32 ta murojaatlar o‘rganilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida amaldagi qonun hujjatlari va tuman Xalq qabulxonasining ish rejasiga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha 4 ta taqdimnoma va takliflar kiritilgan. Tuman Xalq qabulxonasining taqdimnomalariga asosan 4 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan.

Shuningdek, murojaatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan 9 ta tahlillar va sektorlar faoliyati bo‘yicha 10 ta monitoringlar,  davlat idoralarida murojaatlar bilan ishlash yuzasidan 3 ta o‘rganishlar hamda 62 ta qabul qilingan qarorning ijrosini joyida o‘rganishlar o‘tkazilgan.

Joriy yilning 14 aprel kuni  Vobkent tumani hokimi F.Umarov hamda  tuman Xalq qabulxonasi mudiri L.Sharipova va boshqa mutasaddilar bilan hamkorlikda tumanning 1-sektoridagi amalga oshirilayotgan ishlarni, ijtimoiy ob’ektlarning ahvolini, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, ulardagi muammolarni o‘rganishdi. O‘rganishlar jarayonida “Kumushkent” MFY Kumushkent qishlog‘ida yashovchi “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan Qudrat Shodmonovning xonadoniga borildi. Oiladagi muammolar o‘rganildi. Tuman Xalq qabulxonasi, tuman hokimi xonadonda ikki nafar mehnatga layoqatsiz nogironligi mavjud bo‘lgan shaxslar borligini nazarga olib, ushbu uy-joyning tom qismini shifer qilib berishga kelishib olishishdi. Bir oy ichida ushbu xonadonning uy-joyini tom qismi shefer qilib berildi.

– Uyma-uy yurib aholi muammolarini, ularning daromadlarini, yashash sharoitlarini o‘rganishlarimiz jarayonida Vobkent tumani “Beshrabod” MFY  Cho‘rikalon qishlog‘ida yashovchi  2 guruh nogironi, mehnatga layoqatsiz Azamat Xo‘jaqulov xonadonida ham bo‘ldik, – deydi tuman Xalq qabulxonasi mudiri L.Sharipova. – 2-sektor rahbari tuman prokurori B.Sultonov hamda mutasaddilar xonadon egalari eski, xavfli holatga kelib qolgan uy-joyda yashayotganlari, xonadon egalari uy-joylarini o‘zlarini mablag‘lari hisobidan buzib qayta qurishga imkoniyatlari yo‘qligini inobatga olib, ushbu uy-joy buzilib, qaytadan qurib berildi.

– Xalq qabulxonasiga shu kunga qadar shaxsimni tasdiqlovchi biror bir hujjatim yo‘qligini bildirib murojaat qilgandim, – deydi Vobkent tumani Cho‘rikalon MFY Qipchoq qishlog‘ida yashovchi Og‘abek Obloqulov. –Tug‘ilish guvohnomasi va fuqarolik pasporti olishimda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Tuman Xalq qabulxonasining aralashuvi bilan tug‘ilganligim to‘g‘risidagi guvohnoma va fuqarolik pasportim olib berildi.

Vobkent tumani Quruvchi MFY Aravon ko‘chasi Adolat Amonova tuman Xalq qabulxonasiga o‘zi bilan bir ro‘zg‘orda yashovchi qarindoshi Rohila Rajabovaga nogironlik aravachasi berilishida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi. Xalq qabulxonasining ko‘magi bilan fuqaroning murojaatiga asosan uning qarindoshi R.Rajabovaga nogironlik aravachasi olib berildi.

Zarif Komilov,

Tohir Istatov (surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email