Fm7Pwp4XsCHgVkpDSPV3FJrrzSC0IQLN Front

Ijodiy imtihonlar xolis, haqqoniy va shaffof o‘tmoqda

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2021-2022 o‘quv yili uchun ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimizda musiqa san’atini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Joriy yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga abituriyentlardan jami 605 ta hujjat kelib tushgan. Mazkur bilim dargohining Nukus filialiga esa 82 nafar yoshdan hujjatlar qabul qilingan.  

       Yurtimizning musiqa sohasidagi  eng yetakchi oliy ta’lim dargohi sanalmish O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bastakorlik san’ati, dirijyorlik, san’atshunoslik, musiqashunoslik, fortepiano, xalq cholg‘ulari, torli cholg‘ular, vokal san’ati, akademik xonandalik,  texnogen san’at (ovoz rejissyorligi), professional ta’lim kabi yo‘nalishlar mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, bu yerda o‘tgan yildan boshlab  mamlakatimizda ilk marta ijodiy imtihonlarni onlayn tarzda kuzatish  yo‘lga qo‘yildi. Bu esa mas’uliyatli jarayonning shaffof va haqqoniyligini ta’minlashda muhim omil sanaladi.

      Ayni paytda  abituriyentlarning ijodiy imtihonlarga tayyorgarligini baholash uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ishlamaydigan san’at arboblarini jalb etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Turli ijodiy tashkilotlar va jamoalarda mehnat qilayotgan ushbu mutaxassislar ishtirokidagi imtihonlar yoshlar bilimini xolis baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. bugungi kunda mamlakat miqyosida kechayotgan pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda imtihonlarning belgilangan karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan tarzda olib borilayotgani diqqatga sazovor.      

  N.Usmonova, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email