Djo6kAwszPbD6nIA1ck01aSvDobmnruC Front

Saylov demokratik tamoyillar asosida o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro saylov okrugi tomonidan joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirni tashkillashtirish hamda u bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi raisi To‘lqin Ochilov boshqardi. Unda Prezidentlik sayloviga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni saylovchilarga yetkazish hamda saylovni o‘tkazish tartibi haqida so‘z bordi.

Buxoro okrug saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mirzohid Daminov yurtimizda Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, siyosiy jarayonni dunyoning ilg‘or mamlakatlari tajribasi asosida o‘tkazish, saylovchilar, xususan, birinchi marotaba ovoz berish huquqidan foydalanadigan yosh avlodning huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish borasidagi sa’y-harakat yuqori bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.  

Saylov demokratik tamoyillar asosida o‘tadi

Bo‘lajak saylovlar xalqimizning yangicha tafakkuri, dunyoqarashi, o‘z taqdiri va kelajagiga bo‘lgan munosabatini yaqqol namoyon etuvchi muhim siyosiy jarayondir. Saylov kodeksining 21-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.  

Buxoro viloyatidagi okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasida muhokama qilindi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.  

Saylov demokratik tamoyillar asosida o‘tadi

Yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga asosan jamoatchilikning obro‘-e’tiborli vakillari orasidan tanlangan 17 nafar okrug saylov komissiyasining a’zolariga guvohnomalar topshirildi.  

Saylov demokratik tamoyillar asosida o‘tadi

Shuningdek, saylov jarayonini qonuniy, adolatli, xolis va yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarga e’tibor qaratildi.  

Zarif Komilov, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email