Djo6kAwszPbD6nIA1ck01aSvDobmnruC Front

Beshkurashchilar Toshkentda bellashdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 20-22 avgust kunlari poytaxtimizda zamonaviy beshkurashning bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Unda Andijon, Qashqadaryo, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va poytaxtimizning 120 nafar sportchisi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Sportchilar birinchi kuni ikkikurash bo‘yicha bahslashgan bo‘lsa, keyingi kunlarda uchkurash va qilichbozlik “jang”larida qatnashishdi.

Murosasiz bahslar natijasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar Zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi tomonidan munosib taqdirlandi.

Beshkurashchilar Toshkentda bellashdi
Beshkurashchilar Toshkentda bellashdi

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email