Jkqlg1bl2yDdFtERhC0baQnAteH9qwN0 Front

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasida Yosh tadbirkorlar forumi tashkil etildi

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi va tegishli vazirlik hamda idoralar hamkorligida ilk marotaba Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasida ikki kunlik Yosh tadbirkorlar forumi tashkil etildi.

Forumda 200 nafardan ortiq xorijlik va o‘zbekistonlik yosh tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar, Hukumat vakillari, Turkiy Kengash Kotibiyati rahbariyati hamda Turkiy Kengashga a’zo mamlakatlarning Yoshlar va sport vazirlari ishtirok etdi.  

Tadbirda ta’kidlanganidek, yosh tadbirkorlar o‘rtasida samarali tarmoqlarni kengaytirish, ularga yangi biznes imkoniyatlarni kashf qilishga sharoit yaratish, Turkiy Kengashga a’zo mamlakatlarning iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi.  

Forum o‘z ishini agrobiznes, IT-startup, turizm, yengil sanoat, jumladan, to‘qimachilik  kiyim-kechak, oziq-ovqat sanoati va marketing yo‘nalishlarida olib bormoqda.  

Shuningdek, forum ishtirokchilari uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga biznes sayohatlar tashkil etildi. Bunda ishtirokchilar, O‘zbekiston Respublikasida yosh tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlar, yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirkorlik salohiyati bilan tanishib,  tajriba almashdilar.  

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasida Yosh tadbirkorlar forumi tashkil etildi

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email