I798Me8FTgx5Yd3CDHxXLBWW5ento6Zo Front

O‘zbekiston haqida maqola yozgan jurnalistga maxsus diplom va 2000 yevro miqdorida pul mukofoti topshirildi

Yangi O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi maqola tanlovida Yevropa ommaviy axborot vositalarida chop etilgan 20 dan ortiq maqola e’lon qilindi.

«Eurocontinent» axborot-tahliliy veb-saytining “O‘zbekiston Markaziy Yevroosiyoda barqarorlik tayanchi sifatida” nomli maqolasi tanlov g‘olibi bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, tanlovda Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Norvegiyada ishlaydigan, Yevropa ommaviy axborot vositalari jurnalistlari ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati press-klub a’zolari tarkibidagi taniqli jurnalistlar, ekspertlar bo‘lib, ular tanlov g‘olibiga mukofotni belgiladi.

Bryussel xalqaro press klubi 2010 yilda Bryusselda joylashgan xalqaro jurnalistlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. U 1000 dan ortiq jurnalistni birlashtiradi.

Bryussel xalqaro press-klubi “O‘zbekiston haqida eng yaxshi maqola” uchun press-klublar xalqaro tarmog‘i a’zolari bo‘lgan media-loyiha – yevropalik jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblarini e’lon qildi.

Tanlov Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazildi.

Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi joriy yilning 21 sentyabr kuni Bryusselda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan qabul doirasida bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Bryussel press-klubi ijrochi direktori Loran Brixay, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sektor rahbari Nozimjon Ortiqov va bosh ilmiy xodim Hasanjon Majidov ishtirok etdi.

Loran Brixay o‘z nutqida O‘zbekistonda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarni qayd etib, tanlovning maqsad va vazifalari haqida so‘zlab berdi, unga Yevropaning turli ommaviy axborot vositalarida chop etilgan 20 dan ortiq maqola taqdim etildi.

Yevropaning yetakchi ekspertlaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati kelib tushgan maqolalarni o‘rgangan holda «Eurocontinent» axborot-tahliliy veb-sayti prezidenti, doktor Pera-Emmanuel Tomanning “O‘zbekiston Markaziy Yevroosiyoda barqarorlik tayanchi sifatida” nomli maqolasini tanlov g‘olibi deb e’lon qilindi. G‘olibga maxsus diplom va 2000 yevro miqdorida pul mukofoti topshirildi.

«Eurocontinent» axborot-tahliliy veb-sayti prezidenti doktor Pera-Emmanuel Tomann O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarni tiladi.

– Ishonchim komilki, O‘zbekiston Respublikasi mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lidagi transformatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

2007 yildan beri O‘zbekistonga 10 marta borish nasib etgan. Har tashrifimda aniq rivojlanishni ko‘rish qiyin emas. Birinchi navbatda, bu – infratuzilma loyihalariga – tijorat markazlariga tegishli. Qayd etish kerakki, zamonaviy innovatsion arxitektura uslublari milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan. Umumiy qilib aytganda, rivojlanishning o‘zbek modelining yagonaligi shundaki, u o‘zbek xalqining an’analarini saqlagan holda innovatsiyalarga qo‘l urishni nazarda tutadi,–- deydi doktor Toman.

Bryussel press-klubining tashqi aloqalar bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Gregor Kupper loyihaning maqsadi O‘zbekiston-Yevropa munosabatlarini chuqur va har tomonlama yoritib bera oladigan maqolani tanlash ekanligini ta’kidladi.

– O‘tgan besh yil ichida O‘zbekiston–Yevropa munosabatlari qanchalik chuqur rivojlanganini ko‘rsatish. Bundan tashqari, ushbu maqolalar o‘zaro munosabatlarning haqiqiy ko‘lamini baholashga imkon beradi. Yevropaning katta auditoriyasi uchun ilgari yetarlicha ochiq bo‘lmagan mamlakat sifatida O‘zbekiston bugungi kunga kelib o‘ziga xos go‘zal tarixiy joylari tufayli eng jozibador yurtlardan biriga aylanmoqda. Mamlakatga qiziqish nafaqat yevropalik jurnalistlar, shuningdek, biznes va sayyohlik hamjamiyati vakillari orasida ham ortdi.

Bryussel press-klubiga ushbu mukofotga ega bo‘lish istagidagi yevropalik jurnalistlardan juda qiziq mavzuda maqolalar muntazam kelib turdi. Bularning barchasi O‘zbekistonga bo‘lgan katta qiziqishdan dalolat beradi. Mamlakatda sodir bo‘layotgan so‘nggi ijobiy o‘zgarishlar yevropalik o‘quvchilar uchun juda katta qiziqish uyg‘otib, bu ularni O‘zbekiston bo‘yicha so‘nggi yangiliklar faol kuzatuvchisiga aylantirdi, – dedi Janob Kupper o‘z chiqishida.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi esperti Nozimjon Ortiqov mazkur tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Markaz g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab, uning muvaffaqiyatli tashkil etilishida katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi va Bryussel xalqaro press-klubiga Markazning minnatdorchiligini bildirdi.

Tanlov doirasida Markaz tomonidan qo‘shimcha ravishda 2 ta keyingi eng yaxshi maqola tanlab olingani va ularga maxsus sovrinlar ajratilgani aytib o‘iltdi.

Shunday qilib, “O‘zbek to‘yi” maqolasi uchun Marlen Tyutenelga («O‘zbekistan – Buyuk Ipak Yo‘lining marvaridi” to‘plamida chop etilgan) va “Nima uchun O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi uchun dolzarb” maqolasi uchun Vite Kobiyelaga maxsus sertifikatlar va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

O‘zbekiston haqida maqola yozgan jurnalistga maxsus diplom va 2000 yevro miqdorida pul mukofoti topshirildi

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email