I798Me8FTgx5Yd3CDHxXLBWW5ento6Zo Front

Saylovlar tarix ko‘zgusida

Bundan o‘n bir asr oldin buyuk ajdodimiz sharqda “al-muallim as-soniy” unvonini olgan Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida fozillar shahrining birinchi boshlig‘i o‘n ikkita xislat-fazilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarurligi, mabodo shu fazilatlarning barchasini o‘zida jamlagan bir odam topilmasa, ikki kishi birgalashib, shu xislatlarga ega bo‘lsa, shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo‘yish zarurligini yozadi.

Bunda Abu Nasr Forobiy hokimiyatni meros sifatida qoldiriladigan taxt sifatida emas, balki eng loyiq nomzod tayinlanadigan lavozim sifatida ko‘rganligini ko‘rishimiz mumkin.  

Eng munosib nomzodni aniqlashni esa xalq tanlovi orqali amalga oshirilishi to‘g‘risida Sh.Monteske “Qonunlar ruhi haqida” asarida shunday yozadi: “Xalq o‘ziga tegishli bo‘lgan hokimiyatning bir qismini kimga topshirish kerakligi to‘g‘risida tanlovni mukammal darajada muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Bu yerda xalq faqat o‘zi bilgan holatlar va eng aniq dalillardan foydalanadi, xolos. Xalq, masalan, qaysi nomzod urushlarda ko‘p qatnashib muvaffaqiyatli jang qilganligini biladi va buning natijasida qo‘mondonni saylashda adashmaydi. Xalq qaysi qozi o‘z vazifalarini sidqidildan bajarganligini, pora olmaganligini va odamlar undan roziligini biladi. Bularning barchasini xalq o‘z maydonlarida kundalik umumiy tajribadan kelib chiqib biladi, bitta odam hech qachon bunchalik ma’lumotga ega bo‘la olmaydi va to‘g‘ri tanlov qila olmaydi. Agar kimdir xalqning rahbarlarni tanlash qobiliyatiga shubha qilsa, afinaliklar va rimliklar tomonidan uzluksiz ketma-ket muvaffaqiyatli tanlangan rahbarlarga e’tibor qilsin”.

Haqiqatdan ham jahon tajribasidan ko‘rish mumkinki, xalq tomonidan davlat rahbarining saylanishi demokratik jarayonlarda xalqning irodasini aks ettirish vositasi bo‘lib, davlatning rivojlanish dasturini belgilab beradi.  

O‘zbekiston Respublikasida ham 1990 yil 24 martda MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib Prezidentlik lavozimi ta’sis etilgan edi.  

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi saylov bo‘lib o‘tadi.  

bugungi kunda saylovda ro‘yxatdan o‘tgan 5 ta partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar saylovoldi tashviqoti va tayyorgarligi boshlangan.

Xususan, 5-Navoiy saylov okrugi hududida 411 ta saylov uchastkasi tuzilib, 665 743 saylovchi ro‘yxati shakllantirildi.

Viloyatdagi 411 ta uchastka saylov komissiyasining 275 tasi umumta’lim maktablarida, 46 tasi MFY, 24 tasi kollej, texnikum va kasb-hunar maktabi, 11 tasi tibbiyot markazlari, 8 tasi harbiy qismlar, 7 tasi madaniyat va sport markazlari, 3 tadan oliy o‘quv yurtlari hamda ozodlikdan mahrum qilish joylari, 2 tasi dam olish maskani va 30 tasi boshqa binolarda joylashtirilgan.

Muxtasar aytganda, erkin va shaffof o‘tkaziladigan demokratik saylovlarda eng munosib nomzod xalq tomonidan tanlanib, xalqimiz farovonligi va davlat rivojlanishi yo‘lida xizmat qiladi.

Zoyirjon O‘roqov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

 Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy

 manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni bosh inspektori

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email