DjgBIu99QP1J3jwQ7nYOy6V4nMjt3y2F Front

Bunday hosilni kim yetishtirgani barcha uchun qiziq albatta…

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixonda 50 kilolik tarvuz yetishtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

 Bunday hosilni kim yetishtirgani barcha uchun qiziq albatta.

Bunday hosilni kim yetishtirgani barcha uchun qiziq albatta...

 – Tumanimizda azaldan qovun-tarvuzdan mo‘l hosil olingan, – deydi Ishtixon tumani Sohibkor mahallasida yashovchi Abdumajid Norbo‘tayev. – Respublikaga taniqli dongdor dehqonlar bo‘lgan Ishtixonda. Har yili katta qovun sayillari o‘tkazilardi. Lekin keyinchalik qovun-tarvuz yetishtirish kamayib ketdi. Shularni esladimu o‘tgan yil yangi tok ko‘chatlari orasida “Qoraqosh” navli tarvuz urug‘i ekdim. Mehnatidan qochmadik, o‘z vaqtida ishlov berdik. Shunaqangi tarvuz bo‘ldiki, ayrimlari 70 kilodan ham oshib ketdi. O‘tgan yil tajriba orttirganimiz uchun bu yil tomorqa va dehqon xo‘jaligimizda -75 sotix yerda tarvuz yetishtirdik. Bu yil tarvuzlar o‘tgan yilgidek tosh bosmagan esa-da katta bo‘ldi – 50 kilogacha kelyapti. Demak, mehnat qilsa, yaxshi hosil olsa bo‘larkan. Kelasi yil ko‘proq maydonda shunday ulkan tarvuzlarni yetishtirishni niyat qilib turibmiz.

Bunday hosilni kim yetishtirgani barcha uchun qiziq albatta...

 Shu paytgacha Sohibkorda odamlar tarvuz ekmagan ekan. Abdumajid akaga havas qilib, bu yil yana sanoqli qishilar poliz ekinlari yetishtiribdi. Keyingi yilda ularning safiga yana boshqalar ham qo‘shilishni niyat qilib turishibdi.

 G‘.HASANOV, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email