UZaPSpIx8Fdqs9tTliZdo1zyCSmots4J Front

O‘smir bokschilarimiz muvaffaqiyati

Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari Qozog‘istonning Aksay shahrida o‘tkazilgan “Do‘stlik” xalqaro turnirida munosib ishtirok etdi.

Musobaqada 2006-2007 yillarda tavallud topgan bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilib, 7 ta oltin, 2 ta kumush, jami 9 medalga sazovor bo‘ldi.  

 Xalqaro turnirda Ilhom Ergashev, Nodir Allaberganov, Akbar Ahmadov, Hojiakbar Kudratov, Abduqodir Taxli, Rahmonjon Qodirov, Asilbek Ishmurodov o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Shuningdek, Farrux Rahmatullayev va Sardor Dilolov finalga qadar janglarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.  

 Ramzjon Ahmedov tashkilotchilar tomonidan musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, Maruf Urdushev turnir davomida hakam sifatida faoliyat olib bordi.  

 Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email