UZaPSpIx8Fdqs9tTliZdo1zyCSmots4J Front

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 milliard dollarga yetdi

Ekspertlarning e’tirof etishicha, O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 28,2 milliard dollarga teng bo‘ldi. Jumladan, eksport 10,3 milliard, import esa 17,9 milliard dollarni tashkil etadi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston tashqi savdosida jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston savdo aylanmasining 70 foizga yaqini uzoq xorij mamlakatlari, 40 foizga yaqini esa MDH mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik sherik davlatlar orasida olti mamlakat, xususan Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Kanada, Eron, Afg‘oniston bilan faol tashqi savdo balansi mavjud.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email