UZaPSpIx8Fdqs9tTliZdo1zyCSmots4J Front

Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi

Jizzax erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi majlislar zalida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Bahrom Abduhalimov Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashmoqda.

Uchrashuvda deputatlar, partiya faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniy va yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etayotir.

Nomzodning Jizzax viloyatidagi ishonchli vakili viloyat Kengashi raisi Orif Shukurov saylovchilarni Bahrom Abduhalimovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Prezidentlikka nomzod uchrashuv qatnashchilarini saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirib, partiya faoliyatiga to‘xtaldi. Mamlakatimizda adolatli jamiyat va chinakam adolatparvar davlat qurish g‘oyasi asosida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish, sud-huquq tizimini isloh qilish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, iqtisodiyot, ta’lim, ma’naviyat va tashqi siyosat bo‘yicha muhim tashabbus va g‘oyalarini ilgari surdi.  

Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email