UZaPSpIx8Fdqs9tTliZdo1zyCSmots4J Front

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov: “Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash zarur”

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda Orol dengizi va Orolbo‘yida yashovchi aholining sog‘ligini asrash haqida gapirdi.

– Biz barcha sa’y-harakatlarimizni mintaqamizda iqlim o‘zgarishining asosiy omili bo‘lgan Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratamiz, – dedi Narzullo Oblomurodov.

 Buning uchun saylovoldi dasturida Orol muammosini hal etishga, bu muammoning Orolbo‘yi aholisi genofondiga va atrof-muhitiga salbiy ta’sirini yumshatishga jamiyatning barcha kuchlarini jalb etish va Orolbo‘yi mintaqasiga ekologik innovatsiya va texnologiyalarni tatbiq etish ishlarini kuchaytirish belgilangan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali Orolbo‘yi hududiga Amudaryoning yuqori va o‘rta qismidan yiliga kamida 5-6 km3 hajmda suv yuborilishini ta’minlash, Nukus, Buxoro, Urganch, Xiva, Navoiy, Mo‘ynoq kabi aholi yashash punktlari atrofida “yashil belbog‘lar” barpo etish, mazkur hududlardagi istirohat bog‘lari maydonlarini kengaytirish taklif etilmoqda.

 Orolbo‘yi hududining Qozog‘iston hamda Turkmaniston bilan tutash hududlarida transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish, global iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimi doirasida mamlakatda issiqxona gazlari ta’sirini qisqartirishni nazarda tutuvchi milliy strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalasi ham kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilangan.

 Narzullo Oblomurodovning sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov: “Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash zarur”

 Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email