Photo 2021 10 24 11 39 58

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov Toshkent shahridagi 116-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish, ertangi kunimiz ravnaqida bugungi Prezident saylovi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham yurtimizda ushbu siyosiy jarayonga puxta va qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Saylov yangi Saylov kodeksi asosida tashkil etildi.

Fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Saylovlar demokratik huquqiy davlatning asosiy belgisi, xalq xohish-irodasining erkin ifodasidir. Mamlakatimizda yaratilgan saylov tizimi fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqi to‘liq amalga oshishiga xizmat qilayotir.

Saylov jarayoni xalqaro huquq normalariga mos, oshkoralik, ko‘ppartiyaviylik, erkinlik, tenglik tamoyillariga muvofiq o‘tmoqda. Bunda saylov tizimiga oid qonunchilikda fuqarolarning saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda erkin qatnashishi, ovoz berish yashirinligi, buni har bir fuqaroning o‘zi bevosita amalga oshirishi belgilab qo‘yilgani alohida ahamiyat kasb etdi.

Muhtarama Komilova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email