Photo 2021 10 24 11 39 58

O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov Toshkent shahridagi 405-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Yurtimizda demokratik tamoyillar asosida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qonunchilik yo‘li bilan muvofiqlashtirish, aholining turmush sifati va darajasini yanada oshirishga qaratilgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash orqali sohaga innovatsiyalarni joriy qilish, kadrlarni maqsadli tayyorlash, ilm-fanni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada oshirish borasida olib borilayotgan ishlar dunyo miqyosida e’tirof etilmoqda.

 Milliy qonunchiligimizda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani aks etgan. Fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Zero, saylovlar kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik huquqiy davlatning ajralmas belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasi erkin ifodalanishi, jamiyat va davlatni boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shaklidir. Yurtimiz kelajagi, uning yanada taraqqiy topishi saylovlarning eng yuksak demokratik talablar va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, Bosh qomusimizda mustahkamlangan qoidalar asosida o‘tishiga, saylovchilarning faolligi va ular qabul qiladigan qarorga bog‘liq.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 405-saylov uchastkasida ertalabdan ovoz berish jarayoni uyushqoqlik bilan boshlandi. Ushbu saylov uchastkasida  2 ming 666 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ular orasida ilk bor ovoz berishga qatnashayotgan saylovchilar 18 nafarni tashkil etadi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy qonunchiligimiz va xalqaro me’yorlarga to‘la mos holda, oshkoralik, tenglik asosida o‘tmoqda. Unda saylovchilar o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etib, xalqimiz farovonligi, farzandlari kelajagi uchun ovoz beryapti.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email