RkZ3RLGJgsxg2T4pUxvuWBCzFRlKRat8 Front

Kelin-kuyovlar saylovda ovoz berdi

Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan siyosiy jarayonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani aholisi ham faol qatnashmoqda.

Tuman hokimligi Axborot xizmatining ӮzA muxbiriga xabar berishicha, mavjud 62 ta saylov uchastkasida saylov jarayonlari davom etmoqda. Tumanda jami 131 ming 223 nafar saylovchi bo‘lib, shundan 5 ming 502 nafari ilk bora ovoz beradi.

– Barcha nomzodlarning Saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqib, munosibiga ovoz berdim, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Akmal Srajatdinov. – bugungi siyosiy jarayonda har birimizning ovozimiz muhim hisoblanadi. Shuning uchun tengdoshlarimni saylovda faol ishtirok etishga chaqiraman.

Qayd etish zarur, bugun oila atalmish muqaddas qӯrg‘onni bino qilayotgan tumandagi “Oqqamish” ovul fuqarolar yig‘inidan kelin-kuyovlar ӯzlarining kelajagiga befarq bӯlmagan holda Prezident saylovida ishtirok etdi.

Tuman aholisi yurtimiz ravnaqi, farzandlarimiz kelajagi uchun munosib deb bilgan nomzodga ovoz bermoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email