3qbdHZ844Vs89NlpgfLYhBZyAgdOSWEA Front

102 yoshli otaxon: “Dorilomon kunlarning qadriga yetaylik”

Navoiy viloyatining yangi tashkil etilgan G‘ozg‘on shahrida ham siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Shaharda 4 ta saylov uchastkasi mavjud bo‘lib, 5635 nafar saylovchi ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning 208 nafari birinchi marta ovoz berayotgan fuqarolar bo‘lsa, 109 nafari 70 yoshdan oshgan keksa nuroniylardir.

102 yoshli otaxon: “Dorilomon kunlarning qadriga yetaylik”

102 yoshni qarshilagan Tursunqul bobo Ergashev ham o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda saylov uchastkasiga borib, o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berdi.

102 yoshli otaxon: “Dorilomon kunlarning qadriga yetaylik”

– Shu kunlarga yetkazganiga shukr, – deydi otaxon. – Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Ishlayman, o‘qiyman va izlanaman degan kishiga barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Faqatgina ulardan ezgulik yo‘lida foydalanish lozim. Uzoq yillar davomida maktabda o‘qituvchilik qildim. Bugun ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni ko‘rib, yana bolalarga saboq bergim keladi. bugungi saylovda men ham ishtirok etib, o‘z ovozimni berdim. Dorilomon kunlarning qadriga yetaylik, azizlar.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email