8Rb5UhuFm7Bo1NdCRzf2dF1JnsMnHPjj Front

Uch juft yosh kelin-kuyov baxtli turmush uchun ovoz berdi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘tarinki ruxda davom etmoqda. Sherobod tumanida faoliyat yuritayotgan 67 ta saylov uchastkasida 109 mingdan ortiq saylovchining ovoz berishi kutilmoqda.

Tumanda uch juft yosh kelin-kuyov Prezident saylovida ishtirok etib, baxtiyor turmush, to‘kin hayot va obod kelajak uchun ovoz berdi.

Uch juft yosh kelin-kuyov baxtli turmush uchun ovoz berdi

“Sherobod Textile Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati binosida tashkil etilgan 90-saylov uchastkasida G‘o‘rin-Gilambop mahallasida yashaydigan Baxtibek Mirzayev hamda Mahliyo Mamatqobilova, 32-umumta’lim maktabidagi 65-saylov uchastkasida Zarabog‘ mahallasida yashaydigan Fayzullo Ravshanov hamda Madina Ismoilovalar  o‘zlari tanlagan nomzod uchun o‘z xoxish-irodasini ifoda etdi.  Shuningdek, 41-umumta’lim makabida faoliyat yuritayotgan 107-saylov uchastkasida Bog‘iobod mahallasilik Shaxboz Qarshiyev va Aziza Ismoilovalar ham muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etdi.

Uch juft yosh kelin-kuyov baxtli turmush uchun ovoz berdi

–Oila muqaddas qo‘rg‘on, – deydi yosh kuyov Shaxboz Qarshiyev. – O‘zaro maslahatlashib, biz barpo etayotgan Vatan ichidagi ana shu qo‘rg‘onimiz mustahkam, to‘kin va obod bo‘lishini niyat qilgan holda nikoh oqshomimizni mamlakatimizdagi muhim siyosiy kampaniya – Prezident saylovi kuniga belgiladik. Barcha dasturlar bilan yaqindan tanishib, o‘zimiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishga ahd qildik. Chunki,  ushbu siyosiy jarayonda bizning ovozimiz ham alohida ahamiyatga ega. Shu bois barcha tengdoshlarimizni saylovda faol ishtirok etishga chaqirib, baxtli turmush uchun ovoz berdik.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email