HC7Xda0uqvQDpaVn94HasVHWuL3x7q4D Front

MDH davlatlar kuzatuvchilari missiyasi vakili Sergey Voronov: “Odamlar saylovni xuddi bayramdek o‘tkazayotgani meni hayratlantirdi”

Saylov – 2021

– Mamlakatingizga birinchi marta tashrif buyurishim, – deydi MDH davlatlar kuzatuvchilari missiyasi vakili Sergey Voronov. – Taassurotlarim juda katta. Poytaxt Toshkentdagi milliy va zamonaviy uslubdagi betakror va o‘ziga xos arxitekturasiga ega binolarni ko‘rib, tobora rivojlanib borayotgan yashil shahardan hayratlandim. Ayniqsa, kechki ko‘rinishi juda ajoyib. Odamlari mehmondo‘st, dunyoqarashi keng. Biz kuzatuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yaxshi kutib olishdi. Saylov jarayonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, tashrifim davomida kuzatishlarimga ko‘ra, biror bir nojo‘ya fikr bildira olmayman. Hech qanday holat uchratmadim. Saylovda odamlarning ishtiroki yuqori ekanligiga guvoh bo‘ldim. Aynan tushgacha saylovchilarning yarmi ovoz berib bo‘ldi. Bu esa ayni daqiqalar uchun yuqori ko‘rsatkich. Asosiysi, O‘zbekiston xalqi o‘z fikrini ayta oladi va o‘z Prezidentini saylaydi.

Qashqadaryoda safarim davomida okrug saylov komissiyasi raisi bilan suhbatlashdim. Bu juda katta okrug, saylovchilari ham ko‘p ekan. 2 millionga yaqin saylovchisiga ega hudud. Bu esa okrug va uchastka saylov komissiyalariga katta mas’uliyat yuklaydi. Shundan bugungi jarayon qanchalik mashaqqatli ekanligini tushunib turibman. Lekin asosiysi odamlar hursand, bayramona kayfiyatda. Xalqingiz saylovni huddi bayramdek o‘tkazayapti. Bu esa saylovning bugungi ruhini ko‘rsatib turibdi.

Men Rossiyaning Astraxan viloyati gubernatorligi vakiliman. Rossiyadagi saylovlar bilan solishtirganda birinchidan, O‘zbekistonda saylovda qatnashuvchilar soni juda yuqori. Bu qiziqarli, albatta. Ikkinchidan, hamkor qo‘shni sifatida har ikki davlatda ham hozirgi pandemiya sharoitida saylovchilar va saylov uchastka a’zolari uchun avvalo ularning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa, undan keyin esa barcha qonun talablari asosida saylovchilarning erkin ovoz berishlari uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan. Asosiysi, demokratik prinsiplarga asoslanib tashkil etilishidir.

O‘zA muxbiri O‘lmas Barotov yozib oldi.

Jamshid Norqobilov(surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email