QzqABksPDSk3SmPk0HWIslwW3OkSZyw4 Front

Vodilda yetishtirilgan malina Polshaga eksport qilinmoqda

Farg‘ona tumanining Vodil hududidagi 5600 ta uy va fermer xo‘jaliklarida jami 500 gektardan ortiq maydonda bugungi kunda qariyb 4,4 ming tonna mahalliylashtirilgan navlardagi malina yetishtirilib, respublikaning barcha hududlariga ichki iste’mol uchun yetkazib berilmoqda.

Dilkusho mahallasida yashovchi aholi tomorqalarida asosan malina hamda uzum yetishtirish an’anaga aylangan bo‘lib, oila byudjeti uchun sezilarli daromad keltirmoqda.  

Ilhom Yo‘ldoshev hovlisida 13 sotix yerda uzumzor barpo etilgan bo‘lib, ostiga malina ekilgan. Xonadon sohibi, o‘tgan yili uzumdan 40 million so‘m, malinadan 30 million so‘m daromad olganini aytib, bu yil undan ham katta daromadni ko‘zlayotganini bildirdi.  

Rahmiddin Qosimov ham mazkur mahalladagi namunali xonadon sohiblaridan. U tomorqasidagi 12 sotix yerda uzumzor tashkil qilgan. Shuningdek, 4 sotix yerga malina ekib, yaxshigina daromad olmoqda.  

Bozori xaridorgir mahsulotga nafaqat o‘zimizda, balki chet davlatlarda ham talab ortmoqda. O‘tgan davrda Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga malina yetkazib berilgan bo‘lsa, endi Yevropaga ham eksport qilish boshlandi.  

Xususan, tumanda faoliyat yuritayotgan “Vodil” fermer xo‘jaligi va Polshaning “Zinotrade” firmasi o‘rtasida qiymati 500 ming yevro bo‘lgan shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra fermer xo‘jaligi tomonidan 200 tonnadan ziyod malina Polshaga yetkazib beriladi. Ushbu mahsulotning qiymati 53,4 ming yevro bo‘lgan 20 tonnalik birinchi partiyasi mazkur davlatga jo‘natildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email