NuHNjTvB22indJWbEuMJK9osKgVVEJZf Front

Turkiya universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Turkiyaning Konya shahridagi Selcuk universiteti rektori Metin Aksoy rahbarligidagi delegatsiya Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘ldi.

Ayni paytda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida qator xorijiy davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik ko‘lami yildan-yilga kengaymoqda.  

Turkiyalik mehmonlar institutda o‘zbekona urf-odatlar bilan kutib olindi. Shundan so‘ng, ikki oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvda har ikkala oliy ta’lim muassasalari rektorlari Turkiya va O‘zbekistonning qadriyat, urf-odat, milliy an’analarida o‘xshash jihatlar juda ko‘p ekanligini ta’kidlab, hamkorlikning muhim yo‘nalishlari xususida to‘xtaldi.  

Selcuk universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutidagi ta’lim uslublari, ta’lim va ishlab chiqarishning uyg‘unligi, ilmiy izlanishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi, hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi. Shundan so‘ng ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.  

Institut va Turkiyaning Selcuk universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, talaba, magistr, doktorant hamda professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi, malaka oshirishi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida institutda turkiyalik mehmonlar ishtirokida qishloq xo‘jaligini ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman konferensiya o‘tkazildi. Bu borada Turkiya tajribasi, Andijonda olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

“Bog‘ qator orasini sabzavot va poliz urug‘larini ekish uchun  bir o‘tishda yerni tayyorlab beruvchi agregat” loyihasi bilan tanishildi. Shuningdek, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.  

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email