MWo5JAoh7st7go6PAFrh52CIbY205qNq Front

“EXPO 2020 Dubay”: O‘zbekiston BAAda keng madaniy dasturni taqdim etadi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “EXPO 2020 Dubai” butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Milliy paviloni madaniy dasturlarining rasmiy hamkori hisoblanadi. «EXPO 2020 Dubai» ko‘rgazmasining 6 oylik faoliyati davomida Jamg‘arma tomonidan bir qator muhim madaniy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Dubaydagi “Expo-2020” butunjahon ko‘rgazmasida so‘nggi yillarda mamlakatimizning ilmiy va iqtisodiy yutuqlari, madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, shuningdek, yangi O‘zbekistonni rivojlantirish rejasi, mamlakatning investitsiya imkoniyatlari keng xalqaro jamoatchilikka namoyish etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining Milliy paviloni o‘z ishini amalga oshirmoqda. 

Dubaydagi Butunjahon ko‘rgazmasi faoliyati davomida Jamg‘arma O‘zbekiston Milliy paviloni bilan hamkorlikda mamlakatimizning madaniy va sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surishga qaratilgan qator tadbirlarni taqdim etadi. 

«EXPO 2020 Dubai» jahon ko‘rgazmasi 2022 yilning 31 martigacha bo‘lgan davrda butun dunyo bo‘ylab 25 millionga yaqin mehmonlarni qabul qilishi rejalashtirilgan.

“EXPO 2020 Dubay”: O‘zbekiston BAAda keng madaniy dasturni taqdim etadi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva:

“Bugun O‘zbekiston dunyoga ochiq, ijobiy tajriba orttirishga tayyor hamda o‘z tajribasi bilan mamnuniyat ila o‘rtoqlashar ekan, yurtimizning madaniy salohiyatini xalqaro maydonda samarali targ‘ib etish uchun yangi poydevor qo‘ymoqdamiz. 2022 yilda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaymiz. Bu, bizni bir-birimizga ishonish, yangi yutuqlarga ilhomlantirish, turli darajalarda va sohalarda o‘zaro muloqot qilishni o‘rgatgan uch samarali o‘n yilliklar edi. Shuning uchun, O‘zbekistonni «EXPO 2020 Dubai» jahon ko‘rgazmasida ishtirok etishi — bu Birlashgan Arab Amirliklari-tashkilotchi mamlakat va boshqa ishtirokchi mamlakatlar bilan yuqori darajadagi muloqotga qo‘shimcha sur’at baxsh etadigan muhim voqeadir”.

“EXPO 2020 Dubay”: O‘zbekiston BAAda keng madaniy dasturni taqdim etadi

Mona Ganem Al Marri, Dubay hukumati matbuot bo‘limi Bosh direktori, Birlashgan Arab Amirliklari gender balansi Kengashi Vitse-prezidenti:

Butunjahon bo‘ylab «EXPO 2020 Dubai»ko‘rgazmasida 191 ta mamlakatlarning ishtiroki, zamonamizning eng muhim yutuqlarini namoyish qiluvchi hamda turli sohalardagi kashfiyotlarni birlashtiradigan haqiqiy global maydondir. Ushbu jahon ko‘rgazmasi Birlashgan Arab Amirliklarining oltin yubileyini nishonlash yilida o‘tkazilayotgani, mamlakatimizning milliy yutuqlarini, shuningdek, keyingi 50 yil va undan keyingi davrlarga mo‘ljallangan rejalari haqida ramziy ma’noga ega. Yurtimiz oltin yubileyini nishonlash butun jahon bilan birgalikda amalga oshirilayotgani, albatta, bizni kelajakka ishonch bilan qarashga undaydi, chunki bizda kelajakni shakllantirish uchun tasavvur va imkoniyatlar mavjud. Biz O‘zbekistonni mehmon sifatida qutlaymiz va Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi — ayniqsa, uning Dubaydagi tashabbuslari ishiga yuksak baho beramiz. Ushbu dastur va Pavilion mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni bir necha ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha mustahkamlamoqda va BAA va O‘zbekiston rahbariyati hamda xalqlari o‘rtasidagi hamjihatlikni aks ettiradi.

“EXPO 2020 Dubay”: O‘zbekiston BAAda keng madaniy dasturni taqdim etadi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova:

“Bu safargi “Expo-2020” jahon ko‘rgazmasi ilk marotaba Yaqin Sharqda bo‘lib o‘tmoqda va «EXPO 2020 Dubai»da Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ishtiroki, O‘zbekistonning bebaho merosini, mamlakatimiz va Arab dunyosi o‘rtasidagi boy madaniy aloqalarni, asrlar davomida shakllangan Islom sivilizatsiyasi haqida butun dunyoga so‘z yuritishning noyob imkoniyatidir. Ushbu madaniy qatlamni asos qilib olgan holda, O‘zbekistonni insoniyat manfaati uchun kelajakni yaratish, umumiy qadriyatlarni shakllantirishga yordam beradigan ilg‘or fikrlash va ijodiy salohiyatga ega mamlakat sifatida yangicha tarzda taqdim etish biz uchun ham muhimdir”.

2021 yilning 27 noyabr: “Dubai Opera” sahnasida “Lazgi – Qalb va Muhabbat raqsi” baletining xalqaro taqdimoti

Xalqaro auditoriyaga o‘zbek xalqining asl an’analarini namoyish etgan Xorazm raqsining mutlaqo yangi talqini taqdim etiladi. “Lazgi – Qalb va Muhabbat raqsi” baletining sahnalashtirilishi O‘zbekiston baletini yangi bosqichga olib chiqdi va ilk bor dunyo bo‘ylab sayohatini boshlaydi. Birinchi marta O‘zbekistonning eng mashhur raqslaridan biri, madaniy meros va tarixi «Dubai Opera» ko‘p formatli San’at Markazi sahnasida namoyish etiladi.

Uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan “Lazgi” raqsi sir va afsonalar bilan o‘ralgan, qadimiy xalq donoligini ifodalaydi va uning nomi “Ruh va Sevgi” degan ma’nolarni anglatadi. 

Xoreograf Raymondo Rebek tomonidan sahnalashtirilgan hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri balet truppasi ijro etgan spektaklning ilk taqdimoti joriy yilning 5-sentabr kuni Toshkentda, YUNESKO homiyligida bo‘lib o‘tdi hamda professional hamjamiyatning yuksak e’tirofi va bahosiga sazovor bo‘ldi.

2019 yilning 12 dekabr kuni YUNESKO ning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi “Xorazm raqsi-Lazgi”ni insoniyatning nomoddiy madaniy merosi vakillik ro‘yxatiga kiritdi.

2021 yilning 29 noyabr kuni: «EXPO 2020 Dubai» butunjahon ko‘rgazmasi Ayollar pavilonida O‘zbekiston Respublikasining “Jamiyat ijtimoiy hayotini modernizatsiyalashda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi sessiyasi 

“Expo-2020” ko‘gazmasida Cartier Women’s Initiative bilan hamkorlikda maxsus Ayollar paviloni ochildi. Ushbu pavilion ayollar va ularning global masalalardagi o‘rniga bag‘ishlangan. Ayollar pavilioni – tajriba almashish va gender tengligini o‘rnatish uchun ishlangan strategiyalarni ilgari surish uchun xalqaro maydonchadir. Birlashgan Arab Amirliklari gender balansi Kengashi raisi Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum – bosh vazir o‘rinbosari va prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Al Nahayanning rafiqasi tomonidan tashkillashtirilgan.

Ayollar pavilioni – bu jamiyatda ayollarning rolini kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi konstruktiv muloqotlarni o‘tkazish va rivojlantirish bo‘yicha jahon etakchilari va mutahassislarni uchrashtiradigan maydondir. Ushbu pavilion “Expo-2020”ning gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga sodiqligini tasdiqlaydigan ijodiy kontent va dasturlarni taqdim etadi. Shuningdek, pavilonda insoniyat tarixida va bugungi kunda ayollarning ahamiyatiga bag‘ishlangan “Yangi istiqbollar” ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.

Pavilonning asosiy maqsadi — ayollarning gullab-yashnaganda butun insoniyat ham gullab-yashnashini ko‘rsatishdir.

29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi ayollar paviloni dasturi doirasida “Jamiyatning ijtimoiy hayotini modernizatsiyalashda ayollarning o‘rni” mavzusida muhokama qiladi. Shuningdek, keyingi oylarda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Madaniyat sohasida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan sessiya tashkil etiladi.

2021 yilning 30 noyabr kuni: “Jubilee Park EXPO 2020” sahnasida pianino ijrochisi Behzod Abduraimovning konsert dasturi

Pianino ijrochisi jamoatchilik e’tiboriga List, Betxoven, Shopen, Mussorgskiy, Prokofev va Chaykovskiylarning mashhur klassik asarlarini taqdim etadi. 

Londondagi xalqaro pianinochilar tanlovi g‘olibi Behzod Abduraimov, V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa litseyida va Kansas-Siti shahridagi «Park» universiteti qoshidagi xalqaro musiqa markazida tahsil olgan. 

Abduraimov so‘nggi mavsumlarda London, Los-Anjeles va Myunxen filarmoniya orkestrlari, London simfonik orkestri, NHK simfonik orkestri (Yaponiya), Konsertgebau Qirollik orkestri, BBC Shotlandiya simfonik orkestri, Oslo filarmoniya orkestri bilan konsert dasturlarida ishtirok etgan. Pianinochi konsert dasturlari AQSH, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida zallarni to‘liq to‘playdi.

2021 yilning 19-21 dekabr kunlari: Al Burda festivali

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Expo-2020” doirasida 19-21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Al Burda” festivalida ishtirok etadi hamda O‘zbekiston xalq musiqali ijodiyoti, yurtimiz filmlarini namoyish etadi, shuningdek, “Shahar hayoti: Islom makonini o‘zgartirish” mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etadi. 

“Al Burda” — Birlashgan Arab Amirliklarining madaniyat va taraqqiyot vazirligi homiyligida ishlaydigan ko‘p tarmoqli platformadir. Bu ijodiy rahbarlar, olimlar, rassomlar va jamoa a’zolari uchun hamkorlik qilish, fikr almashish va Islom san’ati va madaniyati g‘oyalarini birgalikda yaratish uchun global makondir. Festivalning maqsadi – yosh avlodlarni o‘z madaniy boyliklarini yanada chuqurroq o‘rganishlarini hamda jamiyatda Islom madaniyatining o‘rnini mustahkamlashdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistonda madaniyat, san’at, adabiyot, teatr, musiqa, arxitektura va xoreografiyani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni boshlab beradi. Xalqaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yadi va mamlakatning madaniy salohiyatini jahon miqyosida ilgari suradi. Jamg‘armaning uzoq muddatli dasturlari orasida mamlakat madaniy muassasalarida inklyuziv va qulay muhit yaratish, muzeylarni yangilash, homiylikni rivojlantirish va muzeylar, teatrlar va boshqa madaniy institutlar uchun kadrlar salohiyatini shakllantirishga ko‘maklashish kiradi.

Expo jahon ko‘rgazmasi haqida

Eng zamonaviy texnologiyalarni ko‘rish va yangi dunyo qadriyatlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan “Expo”1851 yilda Londonda tashkil etilganidan beri, doimiy ravishda yetuk me’moriy asarlarni namoyish etib keladi, pavilonlar esa, ko‘rgazmaning asosiy eksponatlariga aylanadi. O‘zbekiston pavilonining g‘oyasi, tarixda ilk bor Yaqin Sharq hududida bo‘lib o‘tayotgan «EXPO 2020 Dubai»ning “Aql-idrokni birlashtirib, kelajakni yaratamiz” nomli asosiy mavzusi bilan aks etadi. 191 ta mamlakatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va ularning bir xil maydondagi uchrashuvi “Expo-2020”ga savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish uchun global platforma nomini, shuningdek, innovatsiya, ilm-fan, madaniyat va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar bo‘yicha hamkorlikni talab qilish imkonini beradi. 

“Expo” jahon ko‘rgazmasi har 5 yilda o‘tkaziladi va dunyodagi eng qadimgi va eng yirik tadbirlardan biridir. Tadbir o‘zining 170 yillik tarixi davomida ixtiro va texnologiyalarni namoyish etuvchi vitrinaga aylandi. 1873 yilda Vena shahrida bo‘lib o‘tgan jahon ko‘rgazmasida texnik va sanoat yangiliklaridan tashqari, bir qator badiiy mahsulotlar namoyish etildi. O‘shandan beri madaniyat va san’at butun dunyo bo‘ylab “Expo”dasturining ajralmas hamkorlariga aylandi.

Matbuot uchun aloqalar:

Rasmiy sayt: www.acdf.uz  

Instagram: https://instagram.com/acdfuz  

Feysbuk: https://www.facebook.com/acdfuz  

Telegram: https://t.me/acdfuz  

Elektron pochta: info@acdf.uz  

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email