F22ea0a6617ce9e9abf37237e03113b7

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” mavzuida biznes forum

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” mavzuida biznes forum o‘tkazildi. Unda turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 100 dan ziyod tadbirkor va biznes vakili, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablari asosida  korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni davom ettirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Savdo-sanoat palatasi va Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan “O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi” ishlab chiqilib, tasdiqlangan edi. 
Xartiya – tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy faoliyatini boshqarish, shartnoma munosabatlari, kadrlarni tanlash va o‘qitish, ichki intizom va qonuniylikni mustahkamlash, davlat xaridlari kabi muhim yo‘nalishlarda korrupsiya xavflarining oldini olishga qaratilgan kompleks choralarni o‘z ichiga olgan. Xartiya normalarining amaliyotga joriy etilishi xususiy sektorda korrupsiyani oldini olish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, “halol” tadbirkorlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish imkonini beradi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning qo‘shma qarori bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi a’zoligiga qo‘shilish va yagona Reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Xartiyaga qo‘shilish, ma’lumotlarni elektron “yagona reyestr”da aks ettirish va reyestrdan chiqarish tartibi aniq belgilab berildi. 
Forumda biznes vakillari faoliyati uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, Xartiyani qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va unga qo‘shilish tartibi hamda korrupsiya xavflarining oldini olishdagi roli haqida ishtirokchilarga atroflicha tushuntirish berildi.
Tadbir doirasida ekspertlarning fikr va tavsiyalari, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan bildirilgan mulohazalar, shuningdek xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Oqil G‘ULOMOV (surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email