H4WGm2a3VERQ0MYYd6hnSUf4PMs5oi0p Front

2022 yilda O‘zbekistonda qanday shaxmat musobaqalari o‘tkaziladi?

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasida yil yakunlari va kelgusi yil rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ta’kidlash lozim, 2021 yil mamlakatimiz shaxmatchilari uchun har tomonlama omadli kechdi. Ahamiyatlisi, ortda qolgan yilda Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid yo‘nalishida jahon chempionligiga erishishi nafaqat O‘zbekiston hayotida, balki jahon shaxmat dunyosida ham o‘ziga xos voqelik sifatida e’tirof etildi.

Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik yoshlarning intellektual salohiyatini namoyish etgan Polshadagi “aql jang”lari dunyo shaxmatchilarining reytingdagi joylashuvini, ularning keyingi harakatlarini belgilab berishi bilan ham e’tiborli bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2021 yil davomida mamlakatimizda bir qator ichki yangi shaxmat musobaqalarining tamal toshi qo‘yildiki, buning asnosida yangi-yangi iste’dodlar kashf etilishiga zamin yaratildi.

Xo‘sh, joriy yil mamlakatimizda shaxmat bo‘yicha qanday musobaqalar va tadbirlar tashkil etiladi?

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassislarining bildirishicha, joriy yil mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir, maktab o‘quvchilari o‘rtasida qit’a chempionati, an’anaviy Georgiy Agzamov xalqaro turniri, XVII jahon chempioni Rustam Qosimjonov xalqaro turniri, Samarqandda “Sohibqiron kubogi”, Xivada  “Beruniy” kabi bir qator nufuzli musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.  

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email