KL3vQCxrfiC6wlJFanGCpPI8XV0rwGBM Front

Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi to‘g‘risida

Dushanbe shahrida tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari mintaqaviy hamkorlikning dolzarb mavzulari, jumladan, iqtisodiyot, savdo va investitsiya, transport va tranzit, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish sohalaridagi aloqalar samaradorligini oshirish istiqbolini ko‘rib chiqdilar.

Tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari Rahbarlarining navbatdagi, to‘rtinchi, Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorlarlik ko‘rish va andumanni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kelgusi sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma mintaqamiz mamlakatlari hamkorligi tarixida yangi davrni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlarning yakdil fikricha, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi izchil va o‘zaro manfaatli hamkorlik Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti, umumiy farovonligini ta’minlash g‘oyasiga mutlaq monanddir.

O‘zА

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email