1

O‘zbek oilalaridagi hamjihatlik butun dunyoda e’tirof etiladi

Toshkentda “Oila institutini rivojlantirishda qadriyatlarning o‘rni: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida onlayn va oflayn tarzda tashkil etilgan tadbirda mahalliy hamda xorijiy davlatlar yetakchi mutaxassislari, Respublika vazirlik, idoralar vakillari, Yaponiya, Malayziya, Rossiya, Bolgariya, Belarus, shuningdek, MDH va Yevropa Ittifoqidan 30 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etdi.

Anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ayni yo‘nalishdagi xalqaro tajribani, ekspertlar fikrini o‘rganish asosida oila institutini yanada takomillashtirish, sohada faoliyat yuritayotgan rahbar va mutaxassis kadrlarning oila qadriyati masalasi bo‘yicha kasbiy kompetentligini oshirish, ij jarayoniga innovatsiya, ilm-fan yutuqlarini joriy etish, ilg‘or xalqaro tajriba asosida oila institutini milliy va umuminsoniy qadriyatlar vositasida yanada rivojlantirish istiqboli bo‘yicha taklif, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Darhaqiqat, mamlakatimizda oila, xotin-qizlar va yoshlarning huquqi, manfaatini himoya qilish, jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, davlat va jamiyat taraqqiyotida faollikni oshirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Xotin-qizlarning bilim olishi, kasb egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, turli sohada qobiliyat va imkoniyatini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, gender tenglikni ta’minlashga davlat siyosati darajasida qaralmoqda.

Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida ham xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

– Anjuman xalqaro hamjamiyatga mamlakatimizda oila va xotin-qizlar yo‘nalishida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma’lumot berish imkonini yaratdi, – dedi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti xalqaro bo‘limi boshlig‘i Dilbar Olimjonova. – Ishtirokchilar oila mustahkamligini ta’minlash, xususan, gender tenglik, farzand tarbiyasi, oilaviy daromadni oshirish, ayollar bandligini ta’minlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishdi.

– O‘zbek oilalaridagi hamjihatlik, o‘zaro bir-biriga hurmat tuyg‘usi yuqoriligi butun dunyoda e’tirof etiladi, – dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian. – Mamlakatingizda oilaning barcha a’zolari haq-huquqi himoya qilingan, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirishda gender tenglikni ta’minlash ham muhim sanaladi. Ma’lumki, oila boshiga sinov kelganda ayollar zimmasiga ko‘proq mas’uliyat tushadi. Bunga pandemiya davrida yana bir bor amin bo‘ldik. Hozir ana shunday salbiy holatlarning oldini olish ustida tizimli ish olib borilmoqda. bugungi tadbir ham ayni maqsadga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli.

Konferensiyada “Oila institutini mustahkamlashda ijtimoiy mehnat munosabatining o‘rni”, “O‘zbekistonda oila institutini rivojlantirishning ijtimoiy mexanizmi”, “Oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash – Yevropa Ittifoqi mehnat bozori siyosati”, “Jamiyat taraqqiyoti va farovonligida gender tenglik hamda inson huquqining ahamiyati”, “Yaponiyada zamonaviy oila nazariyasi” kabi mavzularda 20 ga yaqin ma’ruza tinglandi. Mutaxassislar bahs-munozara, savol-javobga kirishdi. Oila institutini rivojlantirishda qadriyatlar o‘rnini milliy va xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif, tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.

Go‘zal SATTOROVA, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email