Z9qPB1Lv6PNolcqQMhAnQ8Hi9c1yCzRh Front

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar xalqaro jamoatchilik e’tiborida

2022 yil 16-18 may kunlari Istanbul tijorat universiteti tashabbusi bilan Buxoro davlat universiteti, Boku davlat universiteti, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetining yuridik fakulteti qoshidagi Ma’muriy huquq va fan amaliy tadqiqot markazi hamkorligida «Ma’muriy huquq va ma’muriy yurisdiksiya» mavzusida xalqaro simpozium tashkil etildi.

Ushbu xalqaro simpozium sessiyasida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar xalqaro jamoatchilik e’tiborida

Xususan, E.Tulyakov o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ma’muriy sohada amalga oshirilgan islohotlar hamda erishilgan natijalar tahliliga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, davlat organlarining inson manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritishi natijasida islohotlarda samaradorlikka erishilgani, shuningdek, 2017 yilda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Ma’muriy sudlar jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari bilan yuzaga kelgan munosabatlarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini e’tirof etdi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar xalqaro jamoatchilik e’tiborida

– So‘nggi besh yilda ma’muriy sudlar tomonidan 72 mingta murojaat va shikoyatlar ko‘rib chiqilib, ulardan 65 foizi jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan xuquqlarini tiklagan holda qanoatlantirilgan, – dedi E.Tulyakov. – Hozirda O‘zbekistonda huquqi buzilgan oddiy fuqaro yoki yuridik shaxsning huquqi ma’muriy sudlar orqali tez va qoniqarli tiklanishi borasida qonunchilikni yanada takomillashtirish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar xalqaro jamoatchilik e’tiborida

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda ma’muriy islohotlar davom ettirilib, davlat organlarining faoliyati takomillashtirilmoqda. Xususan, ularning funksiya va vazifalari qayta ko‘rib chiqilib, yanada konkretlashtirilmoqda, takrorlanuvchi funksiya va vazifalarning oldini olishga doir islohotlar amalga oshirilmoqda. Hukumat hamda vazirlik va idoralar optimallashtirilib, ixcham tizim yaratish ustida sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar xalqaro jamoatchilik e’tiborida

Maqsad – fuqarolarning davlat organlari bilan munosabatga kirishganda har qanday to‘siq va g‘ovlarga duch kelmasligini ta’minlash, fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlarini to‘laqonli va samarali tiklashdan iborat.

O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email