2D7m9VDHRQxGYV1BVD7LgvQsRG1DGqZq Front

Xiva – Islom dunyosining turizm poytaxti

Ilk bor O‘zbekiston shahri – Xiva 2024 yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilindi.

Mazkur qaror Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida qabul qilindi.

Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga yana 4 davlatdan shaharlar nomzodi qo‘yilgan edi: Abu-Dabi (BAA), Shanliurfa (Turkiya), Laos (Nigeriya), Dushanbe (Tojikiston).

Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, amalga oshirilgan restavratsiya va konservatsiyaga oid ishlar, qolaversa, elektr ustunlar demontaj qilingani, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar alohida e’tirof etildi.

Infratuzilma yaxshilangani, 5 yulduzli mehmonxonalar, butik-otel va xostellar qurilishi faol davom etayotgani e’tiborga molik. Bundan tashqari shaharda turizm va sohaga yondosh boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar ham yuqori baholandi.

O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email