10

Rejep Tayyip Erdog‘an ham Samarqandda

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an yurtimizga tashrifi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.

U Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitida muhim qarorlar qabul qilinishidan tashqari, tashkilotning kelajagi va mavjud hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama etilishini ta’kidladi.


O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email