3

O‘zbekiston Prezidenti Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni har yili berib borishni taklif etdi

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida yaqinda joriy etilgan avtotransport elektron ruxsatnomalari almashish tizimiga Tashkilot davlatlarini ham qo‘shilishga chaqirdi.  

–Bu yil Toshkentda o‘tkazilgan Birinchi Turkiy agroforum oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida nihoyatda katta salohiyatimiz borligini yaqqol ko‘rsatdi. Tashkilotimizning nafaqat o‘z mamlakatlarimiz, balki tashqi bozorlarni ham qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati bor. Shu bilan birga, bu yo‘nalishda amaliy qadamlarimizni yanada kuchaytirishimiz va aniq loyihalar asosida hamkorligimizni chuqurlashtirishimiz lozim,– dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.  

Davlatimiz rahbari bu borada quyidagi muhim yo‘nalishlarni taklif etdi:

–Birinchidan, global va ichki bozorlarimiz ehtiyojlari, davlat-larimizning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish samarali tizimini yaratish bo‘yicha Tashkilot doirasida ko‘p tomonlama bitim qabul qilish vaqti keldi.

Ikkinchidan, sohaga innovatsiyalar, zamonaviy bilim va ilg‘or texnologiyalarni jadal olib kirish maqsadida Turkiy davlatlar tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti o‘rtasida keng qamrovli sheriklikni o‘rnatish muhim.

Uchinchidan, ijobiy tajriba asosida Turkiy agroforumni muntazam o‘tkazib borish va uning ikkinchi anjumanida “Smart” qishloq xo‘jaligi xalqaro ko‘rgazmasini tashkil etish zarur.

–Men bugun O‘zbekistonning Turkiy madaniyat xalqaro tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lganini e’lon qilishdan mamnunman. O‘zining 30 yilligini nishonlayotgan tashkilot doirasida kelgusi yili Turkiy xalqlar madaniyati festivalini o‘tkazish taklifini to‘liq ma’qullaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Prezidenti Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni har yili berib borishni taklif etdi.

O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email