9iZlkJfTS3eZaJoA7dpyU0vAZl7yR682 Front

O‘zbekistonda suv sport turlari ommalashtiriladi

O‘zbekistonda suv sport turlari ommalashtiriladi. Bu haqda Xalqaro suv sport turlari federatsiyasi (World Aquatics) eksperti Aleksey Akatev bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World Aquatics) eksperti Aleksey Akatev bilan suv sporti turlarini mamlakatimizda rivojlantirish borasida hamkorlik qilish, hududlarda 6-10 yoshli bolalar o‘rtasida suzish sportini targ‘ib etish, jahon tajribasi asosida yangi dasturlar ishlab chiqish kabi masalalar xususida fikrlashdi.  

O‘z navbatida xorijlik mutaxassis mamlakatimizning ko‘plab hududlaridagi suv sporti maskanlarida bo‘lganligini aytib, Samarqand shahridagi ochiq suv havzasi barcha talablarga javob berishi va bu inshoot bolalar o‘rtasida suv sport turlarini ommaviyligini kuchaytirish, kelgusida turli yosh toifalarida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun juda qulayligini bildirdi.  

Muloqot yakunida «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni samarali davom ettirish, xorijlik seleksionerlar bilan respublika bo‘ylab iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida kelgusi yilning fevral oyida mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.  

O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email