Tailandning Bangkok shahrida kikboksing bo‘yicha yakunlangan Osiyo chempionatida O’zbekiston vakillari 24 ta medal shodasini qo‘lga kiritdi.
Kecha, 18 dekabr kungi musobaqalarda O’zbekiston kikboksingchilaridan Davlatbek Abdumurodov, Sergey Kosolapov, Nazarbek Mahmudov, Hasanxon Baratov, Murodbek Azimov va Husanxon Baratov o‘z vaznlarida oltin medallarga musharraf bo‘ldi.
Osiyo chempionatining 27 ta yo‘nalishida qatnashgan 22 nafar kikboksingchimiz shiddatli bellashuvlar yakunida 10 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Sportchilarimizning 6 nafari chempionat doirasida o‘tgan jang san’ati o‘yinlari yo‘llanmasi uchun bahslarda qatnashdi.
E’tiborlisi, vakillarimizdan Zarifjon Istamov, Sergey Kosolapov va Malika Choriyeva keyingi yil Ar-Riyodda o‘tadigan Jahon o‘yinlari musobaqasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zA