2

Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi

Buxoroda neft va gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlash maqsadida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Mirali Hamroyev, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuxrat Dauletiyarov, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universiteti rektori Viktor Martinov, universitetning Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori Abdulla Magrupov, Buxoro viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Xalq ta’limi boshqarmasining rahbarlari va mutaxassislari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar direktorlari qatnashdi.

Tantanali ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar o‘quv bo‘limida yaratilgan sharoit bilan tanishdi. Hududiy tayyorov bo‘limi o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.

Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi

Buxoro neft va gaz sanoati kolleji negizida tashkil etilgan zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyasi ochildi. Laboratoriya barcha zarur asbob va jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Bilim dargohida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Zamonaviy va yorug‘ o‘quv xonalari tashkil etilgan.

Buxoro neft va gaz kolleji negizida Hududiy tayyorlov bo‘limi uchun 4-qavat binosi rekonstruksiya qilindi. Fizika, matematika, rus tili kabinetlari, mustaqil ta’lim xonasi, o‘qituvchi va metodistlar xonasi jihozlandi. Barcha o‘quv xonalari va kabinetlar zamonaviy partalar, mebel va zarur narsalar bilan to‘ldirildi.  

Buxoro neft va gaz sanoati kolleji negizida umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va texnikumlar o‘quvchilari uchun matematika, fizika va rus tili fanlaridan bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda. Tinglovchilarni saralash tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining tajribali, Buxoro shahrining yuqori malakali o‘qituvchilari jalb etilgan.

Ushbu loyiha I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialiga o‘qishga kirishni xohlovchilar uchun  katta imkoniyat yaratadi.

Ma’lumot uchun: Buxoro neft va gaz sanoati kolleji bilan birgalikda umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar o‘quvchilaridan hududiy tayyorlov bo‘limida o‘quvchilar guruhlarini shakllantirish bo‘yicha kasbga yo‘naltirish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email