ZqPTTVPuyyXYTgsLDGgJYGioup7fNH6W Front

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasining yillik hisobotida O‘zbekiston alohida e’tirof etildi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasining 2020 yildagi faoliyatiga doir hisoboti e’lon qilindi. Hisobotda O‘zbekiston bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorlik munosabatlari ijobiy baholangan.

Mamlakatimiz demokratlashtirish, BMTning ustav va shartnomaviy organlari doirasida inson huquqlari sohasi bo‘yicha zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish sohalarida erishgan natijalari bilan xalqaro maydonda tez-tez e’tirof etilayotgan ilg‘or davlatlar safidan joy olgani ta’kidlangan.  

Hisobotda BMT tizimidagi inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi organlarning bir yillik faoliyatiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Koronavirus inqirozi bu boradagi ishlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgani qayd etilgan. BMT Oliy komissari O‘zbekistonda Ma’ruzalar tayyorlash va BMT tegishli institutlarining tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy mexanizm yaratilganini yuqori baholagan. O‘zaro hamkorlikda va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida ishlab chiqilgan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi kodeks loyihasiga ham ijobiy baho berilgan.  

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Inson huquqlarini himoya qilish milliy institutlari global alyansi huzurida akkreditatsiyadan o‘tgani muhim natijalardan biri sifatida qayd etilgan. Zero, bu qadam amaldagi xalqaro-huquqiy hujjat hisoblanmish Parij prinsiplariga to‘la mos keladi.  

Koronavirus pandemiyasi sharoitiga qaramay, mamlakatimizda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi bilan hamkorlikda 2020 yilda tegishli xizmatlar xodimlarining malaka va salohiyatini oshirish ishlari izchil davom ettirilgani alohida ta’kidlangan.  

O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi ko‘magida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Universal davriy hisoboti mexanizmi doirasida berilgan tavsiyalarning bajarilishi bo‘yicha o‘z oraliq ma’ruzasini tayyorlashga erishgan sanoqli davlatlardan biri ekani ham e’tirof etilgan.  

Hisobotda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda gender tenglik masalasiga ustuvor darajada e’tibor qaratilayotgani munosabati bilan Statistika bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan 2020 yilda ayollarga nisbatan kamsitishlarga doir muammo Ko‘p indikatorli kompleks tadqiqotlar ro‘yxatiga kiritilgani muhim ahamiyatga ega.  

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.  

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email