PQaqpgXG32hScuRLiAznPadTjaHKDagW Front

Islom taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan qishloqlarimiz obod bo‘lmoqda

Islom taraqqiyot banki ishtirokida keyingi yillarda Jizzax viloyatining 12 ta tumanidagi qishloqlarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi va ko‘p qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 30 martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida 2017 — 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida Jizzax viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, aholining real ehtiyojlari va xarid qobiliyati, shuningdek, qishloq joylarda yashash sharoitlarining xususiyatlarini to‘liq hisobga olgan holda, qurilish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondoshuvlarni ishlab chiqish zarur edi.

Islom taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan qishloqlarimiz obod bo‘lmoqda

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘rilgan chora-tadbirlar oilalarni zamonaviy, sifatli, shinam uy-joy bilan ta’minlash, qishloqlarda yangi muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini shakllantirishga xizmat qildi. Qishloqlar qiyofasini o‘zgartirish va shu asosda qishloq aholisining hayot darajasini ham yaxshilash, dunyoqarashini o‘zgartirish borasida imkoniyatlar paydo bo‘ldi.

Jizzax viloyatida 2018-2020 yillarda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari xisobidan asosan 3 tipdagi uylar qurilishi amalga oshirilgan bo‘lib, jumladan, 1 qavatli 2 va 4 sotixdan iborat uy-joylar jami 538 ta, 2 qavatli 4 sotixli uy-joylar 154 ta, ko‘p qavatli 45 ta 1 ming 748 xonadonga mo‘ljallangan uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Ushbu uy-joylarga Islom taraqqiyot banki tomonidan 290 milliard so‘m pul mablag‘lari ajratilib, ushbu bank moliyaviy mablag‘lari hisobidan qishloq va mahallalar yanada obod, ko‘rkam bo‘lib, shahar tipini oldi.

Islom taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan qishloqlarimiz obod bo‘lmoqda

Aholi turmush tarzi va sharoitini yanda yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish maqsadida Islom taraqqiyot banki tomonidan 24,5 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari uchun 7 milliard 180 million so‘m, 31,2 kilometr massivga kirish va ichki yo‘llar qurilishi uchun 24 milliard 441 million so‘m, 10,2 kilometr va 470 metr kub kanalizatsiya tarmoqlari hamda lokal oqova suv tozalash inshootlari qurilishi uchun 11 milliard 431 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi.

– Oilam uchun hovli-joy qurishni orzu qilardim, sababi 1 xonali uyda butun oila a’zolarimiz bilan yashab keldik, – deydi Arnasoy tumanilik nafaqaxo‘r Sharif Mirxodiyev. – Baxtimizga, ehtiyojmandlar, kambag‘allar uchun imkoniyatlar berilyapti.

Islom taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan qishloqlarimiz obod bo‘lmoqda

– Toshkentga kelin bo‘lib tushgan bir dugonam uyimga mehmonga kelib, biz yashaydigan uyidagi shart-sharoit, shinamlik, go‘zalliklarni ko‘rib, hayron bo‘ldi, – deydi Sharof Rashidov tumanidagi ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi Qizlargul Qurbonboyeva. – Issiq suv, sovuq suv, individual isitish tizimi, gaz, elektr ishlab turibdi va hatto, internet tarmog‘i ham bor. Men va turmush o‘rtog‘im ishlab topayotganimizning to‘rtdan bir qismini uy kredit to‘loviga to‘lasak, qolganidan avtomobil uchun pul jamg‘arayapmiz. Bir oddiy, o‘rtamiyona oila uchun bundan ortiq sharoit, qulaylik bo‘lishi mumkinmi?  

Islom taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan qishloqlarimiz obod bo‘lmoqda

– O‘tgan 3 yil davomida Jizzax viloyatida qad rostlagan bir qavatli kotejlar va ko‘p qavatli uylar, kommunikatsiya tarmoqlari uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan jami bo‘lib, 333 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratib berildi, – deydi “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Jizzax filiali direktori Oybek Erkayev. – Bundan tashqari, Prezidentimizning joriy yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Islom taraqqiyot bankining 15 milliard 600 million so‘mlik moliyaviy mablag‘lari hisobidan 6 ta 5 qavatli 120 xonadonga mo‘ljallangan uy-joylar qurilishi ham jadal suratlar bilan amalga oshirilayotir. Shu yilning o‘zida bu uy-joylar ham o‘z egalariga topshiriladi.

Jizzax viloyatining 12 ta tumanidagi qishloq va mahallalarda Islom taraqqiyot banki mablag‘i hisobidan barpo etilayotgan uy-joylar mamlakatimiz taraqqiyoti, tuman, qishloqlarimiz obodligi, eng muhimi xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email