Jkqlg1bl2yDdFtERhC0baQnAteH9qwN0 Front

O`zbekiston kikboksingchilari yurtga 21 ta medal bilan qaytdi

Joriy yilning 16-19 sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyasi (WAKO) tomonidan XXVI jahon kubogi o‘tkazildi. Musobaqada kikboksing bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zolari 5 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronza — jami 21 ta medallar jamg‘ardi.

Ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga qaytib kelgan sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida  AOKA direktori, O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti Asadjon Xo‘jayev,vazirlik va idoralar mutassadi rahbarlari, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari tantanali ravishda kutib oldi.  

Budapesht shahri mezbonlik qilgan jahon kubogi bahslarida dunyoning 45 ta davlatidan 3000 dan ortiq kikboksinchi ishtirok etdi. Keskin va murosasiz bellashuvlarda zafar quchgan sportchilarimizning mardligi, jasorati, shijoatu matonati dunyo ahlini lol qoldirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, ularning bunday yuksak muvaffaqiyati mamlakatimiz mustaqilligi, o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufaylidir.

Mamlakatimizda  yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida keng imkoniyat yaratilmoqda. Buning samarasida jismonan va ma’nan sog‘lom, jahon arenalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish, manaman degan davlat vakillari bilan musobaqalashishga qodir sportchilar tarbiyalanmoqda.

Jahon kubogida Samandar Rustamqulov, Nazarbek Mahmudov, Normuhammad Rahmonberdiyev, Saidmurod Hasanov, Husan Baratov kabi sportchilarimiz barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa,  Ibrohim Osmanaliyev, Jasur Sobetov, Qobiljon Rahmonov, Behruz Shermamatov, Ruxshona Ruzeqova, Ulug‘bek Bahodirov kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Mohinur Mahamadaminova, Azizbek Boltaboyev, Mahmud Davirov, Mirzakarim Mirzayev, Firdavs Safarov, Nazokat Hamidullayeva, Xushnudjon Xolmatov, Doston Ilyashov, Muhammadali Najmiddinov, Shohruz Shavkatov delegatsiyamiz hisobiga bronza medallarini keltirdi.  

– Jahon kubogida har bir jang men uchun final kabi kechdi. Murosasiz bahslarda murabbiylarimning to‘g‘ri ko‘rsatmalari sabab, g‘alaba qozondim. Bu musobaqa biz  uchun oldinda turgan yirik turnirlar oldidan tayyorgarlik vazifasi va o‘z kuchimizni sinovdan o‘tkazish uchun imkon yaratdi. Endi navbat, Italiyada o‘tadigan jahon chempionatiga. Chempionatda ham o‘z vazn toifamda shohsupaga ko‘tarilishga intilaman, – deydi jahon kubogi g‘olibi Samandar Rustamqulov.

Shu tariqa, musobaqa yakunida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronza — jami 21 ta medallar jamg‘argan kikboksingchilarimiz umumjamoa hisobida 19-o‘rinni egalladi.

Kutib olish marosimida mazkur jahon kubogida referi sifatida faoliyat ko‘rsatib, ham samarali qatnashib, WAKO tomonidan eng yaxshi referi deb topilgan va medal bilan taqdirlangan hamyurtimiz Temur Muhammadjonov O‘zA muxbiriga musobaqa taassurotlarini so‘zlab berdi.

– Jahon kubogi va chempionatlarida bahslarida nafaqat sportchi va murabbiylar balki referilarni ham jiddiy sinov kutadi. Sababi, siz chiqargan qaror sportchilarning natijasiga ta’sir etadi. Shu sababli ham har bir jangga tayyorgarlik ko‘ramiz. Jahon kubogida muvaffaqiyatli faoliyat olib borganimdan va eng yaxshilar qatoridan joy olganimdan xursandman.Ushbu muvaffaqiyatim sabab, 15-24 oktyabr kunlari Italiyada o‘tadigan «WAKO Senior & Master World Championship» jahon chempionatida referilik qilish huquqini oldim.  

Shuni ta’kidlash kerakki, Budapeshtda tashkil etilgan jahon kubogi men qatori, sportchilarimiz uchun ham «WAKO Senior & Master World Championship» jahon chempionati oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Jahon chempionatida ham o‘z bilim va salohiyatimni ishga solgan holda munosib ishtirok etishga hamda bu orqali o‘zbek o‘g‘lonlari har sohada yuksak saviyaga ega ekanini dunyoga namoyon etishga harakat qilaman.

Fursatdan foydalanib, dunyo arenalarida mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘targan sportchilarimizni tabriklayman. Doimo yurtga yorug‘ yuz bilan qaytish nasib etaversin. Shuningdek, bizni kamtarona mehnatlarimizni yuqori baholab, kutib olish marosimini tashkil etgan mutassaddi rahbarlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email