Photo 2021 10 24 11 39 58

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov 24 oktyabr kuni Toshkent shahridagi 579-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Mamlakatimizda demokratik tamoyillar asosida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qonunchilik yo‘li bilan muvofiqlashtirish, aholining turmush sifati va darajasini yanada oshirishga qaratilgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Rivojlangan davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribasi va milliy an’analarimizning o‘zaro uyg‘unlashtirilishi natijasida milliy saylov qonunchiligimizda xalqimiz o‘z xohish-irodasini erkin bildirishini ta’minlaydigan jihatlar o‘z ifodasini topayotir.

Prezidentlik saylovi ilk marta saylovlar davomida to‘plangan milliy tajriba, ilg‘or xorijiy saylov amaliyoti, shuningdek, xalqaro standartlar asosida shakllantirilgan Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur saylov kodeksida Prezidentlik saylovininig o‘ziga xos xususiyatlari bilan birga, siyosiy partiyalar va ularning nomzodlari tomonidan olib borilayotgan tashviqot turlari, shakllari hamda usullari aniq belgilab qo‘yildi.  

Bundan tashqari, mamlakatimiz tarixida ilk bor yangi siyosiy partiya sifatida O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘zining siyosiy huquqidan foydalanish va ishtirok etish istagini bildirdi. Saylovga tayyorgarlik asnosida Ekopartiya platformasi ko‘rib chiqildi.

«Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostidagi saylovoldi dasturining bosh maqsadi – mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil taraqqiyot tamoyillarini iqtisodiyotning barcha sohalariga keng joriy etish orqali xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlari yaratish hamda farovon jamiyat barpo etishdan iborat.

Saylovda yurtdoshlarimiz mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligi, Vatanimiz taraqqiyoti, uning porloq istiqboli uchun ovoz bermoqda.

Nurillo NASRIEV,

Oqil G‘ulomov (surat),O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email