QzqABksPDSk3SmPk0HWIslwW3OkSZyw4 Front

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Prezident g‘alabasini nishonlamoqda

Poytaxtimizdagi “Xumo arena” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Prezident saylovining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda O‘zLiDeP faollari, tadbirkorlar va ishbilarmonlar, turli soha vakillari, san’at va madaniyat namoyandalari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik ishtirok etmoqda.

Yig‘ilganlar Markaziy saylov komissiyasi matbuot markaziga onlayn tarzida bog‘lanib, saylovning dastlabki natijalarini kuzatib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani haqidagi xushxabar yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirda so‘zga chiqib, o‘ziga bildirilgan yuksak ishonch uchun butun xalqimizga minnatdorlik bildirdi.

Tadbir davom etmoqda.

O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email