3VgSL2P6fFEsVbGQWki07LK2PZjzo5nL Front

Gandbolchi qizlar Ispaniyada Eronni mag‘lub etdi

Ispaniyada davom etayotgan ayollar o‘rtasidagi gandbol bo‘yicha XXV jahon chempionatida 25-32 o‘rinlar uchun kechayotgan guruh bahslarida kecha, 9 dekabr kuni dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu bosqichdagi ilk o‘yinini Eron gandbolchilariga qarshi o‘tkazdi. E’tiborlisi, vakilalarimiz shiddatli musobaqada raqiblarini 37:32 hisobida mag‘lub etdi.

Ta’kidlash joizki, yurtimiz gandbolchi qizlarining mazkur yutug‘i o‘tkazib kelinayotgan jahon chempionatlaridagi birinchi g‘alabasi ekanligi bilan ahamiyatlidir. Endi terma jamoamiz a’zolari ertaga, 11 dekabr kuni kamerunliklar bilan ro‘baro‘ keladi. Eron jamoasi bo‘lsa bugun, 10 dekabr kuni Angola bilan o‘ynaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rin olgan guruhdagi Angola-Kamerun o‘yinida angolaliklar raqibini 35:24 hisobida dog‘da qoldirdi va to‘plar nisbati bo‘yicha guruh yetakchiligini egallab turibdi.

Jahon chempionatida 25-32 o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan 2-guruhdagi o‘yinlarda esa Slovakiya Tunisni 31:27 hisobida, Paragvay Xitoy terma jamoasini 30:24 natijasi bilan taslim etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston-Angola o‘yini 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, 
O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email