Clj2WdAreaK7sDwtFGrDPx5nLUO4OkLV Front

Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiyadagi o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Istanbul shahridagi universitetlarda ta’lim olayotgan hamda ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda talabalar duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlari, O‘zbekistondagi mavjud va yaratilayotgan sharoitlar, ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishidagi islohotlar muhokama qilindi.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada bugungi kunda 2 mingdan ziyod o‘zbekistonlik talabalar tahsil olayotgan bo‘lsa, ularning katta qismi Istanbul shahrida bilim olmoqda.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar tomonidan Istanbul tijorat universitetiga o‘zbekistonliklarni doktoranturaga yuborish, O‘zbekistonning xorijdagi qo‘lyozmalari nusxalarini (500 mingta) izlanishlar uchun olib kelish, “Technoways” kabi tadbirlar g‘oliblarini Turkiyaga yuborish, Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘qilishi shart bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish va o‘zbek tiliga o‘girish uchun tarjimonlar guruhini tuzish, Turkiya tajribasidan kelib chiqqan holda harbiy texnologiyalarni rivojlantirish, O‘zbekistonda onlayn universitetlar tashkil qilish va Turkiya kichik biznesi vakillarini yurtimizga jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiyadagi o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar bilan uchrashdi

Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlab, ularni amalga oshirish uchun vazirlik tomonidan imkoniyat doirasida zarur resurslar ajratilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, yuqoridagi tashabbuslarni talabalarning ishtirokida amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb kelishgan holda Turkiya universitetlarida o‘quvchi o‘zbekistonlik talaba va doktorantlarning Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikdagi ko‘ngilli “Ishlar rejasi” ishlab chiqishga kelishildi.

Vazir kreativ takliflar bergan va tashabbuslarni amalga oshirishda faol bo‘lgan yoshlar “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishini qayd etdi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email