1mHW9QDFtNkRUjjQdr2IIpiJwuoTzj3w Front

“Toshkent-2025” loyihasi singapurlik milliarderni hayratga soldi

Agar internet tarmog‘ida qidiruv tizimiga Gordon Tang ismini kiritsangiz, Google birinchi navbatda singapurlik milliarder va “SingHaiyi” aksiyalari nazorat paketiga egalik qiluvchi yirik biznesmen ekanligi haqidagi ma’lumotni taqdim etadi.

Ushbu kompaniya rahbari Gordon Tang kuni kecha Toshkentda yakunlangan Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo‘mitasi 77-yig‘ilishi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasining 30 yilligiga bag‘ishlangan anjumanlarda qatnashdi.

AQSHning sobiq prezidenti Bushning ukasi bilan qalin do‘st bo‘lgan Gordon Tang biznesdan tashqari vindsyorfingga qiziqadi va hatto bu bilan 1980 yillarda professional tarzda shug‘ullangan.

"Toshkent-2025" loyihasi singapurlik milliarderni hayratga soldi

Aytish lozimki, OOK Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi davomida sengapurlik milliarderda 2025 yili Toshkentda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarchilik loyihasi taqdimoti katta taassurot qoldirdi.

– “Toshkent-2025” o‘yinlariga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlar, taqdim etilgan loyihalar shaxsan menda katta taassurot qoldirdi. Bu, O‘zbekistonning nafaqat qit’ada, balki dunyo sportidagi katta salohiyatidan, tizimli rivojidan dalolat. Milliy Olimpiya qo‘mitasining Sherzod Toshmatovdek intiluvchan, izlanuvchan yosh yetakchilari bilan suhbatlarimiz, muzokaralarimiz xalqaro hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qiladi. “Toshkent-2025” loyihasi men uchun o‘zim javobgar bo‘lgan 2029 yili Osiyo o‘yinlari tizimida Kambodjada bo‘ladigan musobaqalar uchun ham ko‘p yangiliklarni o‘rganishimda qo‘l kelganligini aytishim kerak, – dedi Gordon Tang janoblari.

"Toshkent-2025" loyihasi singapurlik milliarderni hayratga soldi

Haqiqatan, “Toshkent-2025” yoshlar o‘yinlari loyihasi xalqaro darajadagi mehmonlar qatori Gordonni hayratga solganligi va ushbu tizimdagi O‘zbekiston loyihasi 2029 yili Kambodjada Osiyo o‘yinlari tizimidagi musobaqalarga joriy etilishi mamlakatimizda olimpiya harakatidagi o‘zgarish va islohotlar samarali davom etayotganligi samarasidir.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email