2oNjLUhHJZ5oOKNxH9ne7AoZvmjBDPcH Front

O‘zbek-tojik hamkorligi “Xovar” talqinida…

Jahon matbuoti O‘zbekiston haqida

Tojikistonning yetakchi axborot agentligi – “Xovar” jurnalistika, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligiga oid maqolalar chop etdi.

Masalan, agentlik tomonidan e’lon qilingan navbatdagi materialda muallif Toshkentda Tojikiston va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangani haqida axborot bergan.

Tomonlar imzolagan hujjatda ikki davlat jurnalistlari delegatsiyalari har yili o‘zaro ijodiy safarlar uyushtirishi ko‘zda tutilgan.

“Tojikiston va O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda” sarlavhali maqolada esa delegatsiyamiz 4-11 may kunlariga belgilangan tashrif bilan ayni payt Tojikistonda bo‘lib turgani ma’lum qilingan.

– Ikki tomonlama uchrashuvlar o‘zaro munosabat ko‘lamini kengaytirish, ayni yo‘nalishida istiqbolli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan, – deyiladi xabarda.

Muallif, shuningdek, o‘zbekistonlik hamkasblar bilan tajriba almashish, mavjud salohiyatdan unumli foydalanish maqsadida samarali tadbirlar izchilligiga urg‘u berish zarurligini e’tirof etgan.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email