PXn7iMKDJv7QfAmNR9L4gAd8MFQHm0XL Front

Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri O‘zbekiston xalqini shaxmatdagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini 265 nafar sportchimiz himoya qilmoqda.

Yurtimiz atletlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov  ayni vaqtda Konya shahrida bo‘lib turibdi.

Shuningdek, vazir tashrifining kun tartibidan xorijlik sport mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va hamkorlik masalalarini muhokama qilish ham o‘rin olgan.

Xususan, bugun, 9 avgust kuni Konyadagi “Grand Millenium” mehmonxonasida sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov hamda Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapoglu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri O‘zbekiston xalqini shaxmatdagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida sport sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, futbol, dzyudo, boks, og‘ir atletika kabi sport turlarida keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shu o‘rinda Adham Ikramov Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapoglu hamda V Islom birdamlik o‘yinlari tashkilotchilariga sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va yuqori darajada tashkil etilayotgan tadbirlar uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

A.Ikromov turkiyalik hamkasbiga O‘zbekistonda tashkil etilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalar, jumladan? shu yil o‘tkaziladigan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati, boks bo‘yicha 2023 yili bo‘ladigan jahon chempionati, yaqinda mezbonlik huquqi qo‘lga kiritilgan shaxmat bo‘yicha 46-Butunjahon olimpiadasi haqida to‘xtalib, ushbu tadbirlarda Turkiya sport delegatsiyasini ham faol ishtirok etishga chaqirdi.

Uchrashuv qizg‘in davom etayotgan bir vaqtda Adham Ikromovga o‘zbekistonlik yoshlar 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgani to‘g‘risidagi axborot yetkazildi va bu xushxabardan mamnun bo‘lgan Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapoglu O‘zbekiston xalqi va olimpiada g‘oliblarini tarixiy g‘alaba bilan muborakbod etib, shaxmatchi yoshlarga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tiladi.

Otabek ESHMAMATOV, O‘ZA

Bu makaleyi paylaş

Share on facebook
Share on google
Share on twitter
Share on linkedin
Share on pinterest
Share on print
Share on email