Kategoriler
UZA

Chingiz Aytmatov zamondoshlari xotirasida…

Atoqli adib va davlat arbobi, qirg‘iz adabiyotining yirik namoyondasi Chingiz Aytmatovning ezgulik tarannum etilgan barkamol asarlari, jo‘shqin ijtimoiy faoliyati nafaqat qirg‘iz eli, ayni paytda butun turkiy mamlakatlar, jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham aziz va qadrlidir.

Chingiz Aytmatov hamda O‘zbekiston mavzui o‘z mazmun-mundarijasiga ko‘ra, juda xilma-xil va rang-barangdir. O‘zbek xalqiga mehr qo‘ygan ulug‘ ijodkor bizning o‘tmishimizni ham, zamonaviy adabiy jarayonimizni ham yaxshi bilardi.

Chingiz Aytmatov zamondoshlari xotirasida...

Adib tavalludining 93 yilligi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” doimiy ekspozitsiyasi tomonidan ilmiy- adabiy anjuman o‘tkazildi.  

Unda Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ibragim Junusov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri A.Meliboyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Isajon Sulton, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov, Milliy universitet professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi doktorantlari hamda  talaba-yoshlar ishtirok etdi.  

Tadbirda ta’kidlanganidek, adib insonning jamiyatdagi o‘rni, mavqei, emin-erkin yashashi, qilgan mehnatidan ham jismonan, ham ma’nan qoniqishi, ko‘ngil istagiga ko‘ra sevish va sevilish huquqiga ega bo‘lishi zarurligini angladi va ularni adabiyotga dadil olib kirdi. Shu bois ham yozuvchining qahramonlari ancha-muncha qoliplarga sig‘maydi.

Chingiz Aytmatov zamondoshlari xotirasida...

Mana shu fazilatlariga ko‘ra, Chingiz Aytmatov ijodi yurtimizdagi oddiy kitobxonlar ongi, dunyoqarashi, xulqi va turmush tarziga jiddiy ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, ularni hayotda uchraydigan qiyinchilik hamda to‘siqlarni aql va matonat bilan yengib o‘tishga o‘rgatdi. Chingiz Aytmatov qalamga olgan mavzu, muammo va voqealarning o‘zbek adiblari asarlariga o‘xshashi, hamohangligi, o‘zining g‘oyaviy yo‘nalishi, badiiyligi, niyatlari yaqinligi, ezguligi bilan hayratga soladi.  

Buning sababini asli qadim turkiy xalqlar avlodi bo‘lgan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkmanlarning tili, dili, dini, turmush tarzi va tarixi bir xilligidan izlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu bois, ularning adabiyoti va madaniyati ham bir-biriga yaqindir. 

Tadbir Chingiz Aytmatov nomidagi muzeyda davom etdi.  
 

Ravshan OMONOV,  
O‘zMU Jurnalistika fakulteti dekan o‘rinbosari

Kategoriler
UZA

Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiyadagi o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Istanbul shahridagi universitetlarda ta’lim olayotgan hamda ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda talabalar duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlari, O‘zbekistondagi mavjud va yaratilayotgan sharoitlar, ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishidagi islohotlar muhokama qilindi.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada bugungi kunda 2 mingdan ziyod o‘zbekistonlik talabalar tahsil olayotgan bo‘lsa, ularning katta qismi Istanbul shahrida bilim olmoqda.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar tomonidan Istanbul tijorat universitetiga o‘zbekistonliklarni doktoranturaga yuborish, O‘zbekistonning xorijdagi qo‘lyozmalari nusxalarini (500 mingta) izlanishlar uchun olib kelish, “Technoways” kabi tadbirlar g‘oliblarini Turkiyaga yuborish, Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘qilishi shart bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish va o‘zbek tiliga o‘girish uchun tarjimonlar guruhini tuzish, Turkiya tajribasidan kelib chiqqan holda harbiy texnologiyalarni rivojlantirish, O‘zbekistonda onlayn universitetlar tashkil qilish va Turkiya kichik biznesi vakillarini yurtimizga jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiyadagi o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar bilan uchrashdi

Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlab, ularni amalga oshirish uchun vazirlik tomonidan imkoniyat doirasida zarur resurslar ajratilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, yuqoridagi tashabbuslarni talabalarning ishtirokida amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb kelishgan holda Turkiya universitetlarida o‘quvchi o‘zbekistonlik talaba va doktorantlarning Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikdagi ko‘ngilli “Ishlar rejasi” ishlab chiqishga kelishildi.

Vazir kreativ takliflar bergan va tashabbuslarni amalga oshirishda faol bo‘lgan yoshlar “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishini qayd etdi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Kategoriler
UZA

Turk investorlari O‘zbekistonda sayyohlik loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Turkiyaning “Outdoor Factory” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati muhokama qilindi.

Davlat tomonidan ko‘rilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari tufayli turizm yo‘nalishi ulkan investitsiyaviy salohiyatga ega ekani qayd etildi.
Muloqot davomida, jumladan, turk investorlari tomondan aniq loyihaviy takliflar taqdim etildi. Bildirilgan g‘oya va tashabbuslar har tomonlama o‘rganildi, qo‘shimcha takliflar berildi, o‘zaro manfaatli hamkorlik mexanizmi yuzasidan kelishib olindi.

O‘zbekiston tomoni turk tadbirkorlari mamlakatimizda faoliyatni yo‘lga qo‘yishga intilayotganini olqishlab, ularga amaliy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Turk investorlari O‘zbekistonda sayyohlik loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor

Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan loyihalarni maromiga yetkazish va hayotga tatbiq etish bosqichiga o‘tish maqsadida hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
                                                                                                                                            

O‘zA

Kategoriler
UZA

Jahon chempionatini O`zbekiston vakillari 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan yakunladi

Turkiyaningn Istanbul shahrida para taekvondo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Jahon chempionatini O`zbekiston vakillari 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan yakunladi

Kecha, 12 dekabr kuni jahon chempionatining so‘nggi bahslari +65 kg vazn toifasida ayollar o‘rtasida o‘tkazildi. Unda Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Guljanoy Naimova bellashuvlarda barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionatini O`zbekiston vakillari 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan yakunladi
Jahon chempionatini O`zbekiston vakillari 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan yakunladi

Dunyoning 41 ta mamlakatidan 300 ga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada 7 nafar sportchi bilan qatnashgan vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan holda umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.

To‘lqin Ro‘ziyev, 
O‘zA

Kategoriler
UZA

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik rivojlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat bilan uchrashdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda  investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikka qaratilgan ikki tomonlama munosabatlar atroflicha muhokama qilindi.

Ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalarida ishga solinmagan salohiyat va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishning samarasi yuqori bo‘lgan qator ustuvor yo‘nalishlar qayd etildi.


  Xususan, tomonlar O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi hamda Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqishni tezlashtirish, ularni qisqa muddatda imzolash dolzarbligini ta’kidladi.

2022 yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tadigan ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 13-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari, xususan, tadbirni amaliy mazmun bilan to‘ldirish keng muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda yangi istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish va ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalarini o‘rnatishning keng qamrovli dasturini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirishga kelishib olindi.

O‘zbekistonning Andijon viloyati va Hindistonning Gujarot shtati o‘rtasida munosabatlarni faollashtirish chora-tadbirlari o‘rganildi. Bundan tashqari, investitsiyaviy, savdo va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda, Farg‘ona viloyati va Xaryana, Buxoro va Haydarobod, Toshkent va Nyu-Dehli shaharlari o‘rtasida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida moliyaviy-texnik hamkorlik sohasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, tomonlar Hindiston Eksimbanki tomonidan O‘zbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va ta’lim sohalarida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 448 million dollar miqdorida mablag‘lar ajratilishini olqishlab, ushbu loyihalarni amalga joriy etish borasida birgalikda ishlashga kelishdilar.

Ta’kidlash kerak, Hindistonning grant mablag‘larini jalb qilish hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan IT, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ijtimoiy yo‘naltirilgan yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Qolaversa, transport infratuzilmasi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutib, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirish zarurligi to‘g‘risida yakdil fikrlar bildirildi.
Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida “Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazida yangi metrologik laboratoriyani tashkil qilish va jihozlash” hamda “O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan jihozlash” loyihalarini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumlari ham imzolandi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikning ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA

Kategoriler
UZA

Bahodir Dubayda, Shohjahon Toshkentda zafar quchdi

Avval xabar berganimizdek, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida hamyurtimiz Bahodir Jalolov kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoga qarshi jang o‘tkazdi.

6 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundida Jalolov raqibini nakautga uchratdi va o‘zining professional boksdagi to‘qqizinchi g‘alabasini nishonladi.

Xuddi shuningdek, Toshkentda yana bir professional bokschimiz Shohjahon Ergashev tilandlik Akkavi Kevmaniga qarshi 10 raundlik jang o‘tkazdi. Birinchi raunddayoq Ergashevning kuchli zarbasi raqibni yerga qulatdi va Ergashevning yutug‘ini ta’minladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Kategoriler
UZA

Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi qurilishiga start berildi

Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin va Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Raxmonzoda 8 dekabr kuni Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi uchun yangi bino qurilishiga start berdi. Bu haqda «Xovar» agentligi Tojikiston tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga tayanib xabar bermoqda.

Tojikiston elchixonasining yangi binosi 1,40 gektarlik hududda qad rostlaydi. “Elchixona uchun yer ajratish bo‘yicha Tojikiston bilan O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida kelishuvga erishilgan”, deyiladi xabarda.

Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi qurilishiga start berildi
Loyihaga ko‘ra, Elchixona majmuasi Tojikiston diplomatik missiyasi rahbarining qarorgohi, konsullik binosi, elchixona xodimlarining yashash xonalari, ziyofat va konferens zallar, sport maydonchasi hamda avtoturargohdan iborat bo‘ladi.
«Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Raxmonning ushbu  tashabbusi ikki mamlakat va ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda va o‘zaro hamkorliklarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega», — deya ta’kidlanadi Tojikiston tashqi ishlar vazirligidan tarqatilgan xabarda.

S.Rahimov

Kategoriler
UZA

O‘zbekistonning iste’dodli grossmeysteri xalqaro turnir g‘olibi

Ispaniyaning Barselona provinsiyasi Kasteldefels shahrida shaxmat bo‘yicha “El Llobregat” xalqaro turnirida 30 dan ortiq mamlakatning 150 nafar mahoratli shaxmatchilari qatori O‘zbekistonning iste’dodli xalqaro grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov ham g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Murosasiz va shiddatli o‘tgan xalqaro turnirning 6-turidan keyin Nodirbek peshqadamlardan yarim ochkoga ortda qolayotgan edi. Shunday qaltis vaziyatda o‘z iroda va salohiyatini namoyish qilgan shaxmatchimiz 7-8-turlarda ishonchli harakat qildi.

Avvaliga, u qora donalarda niderlandiyalik Tomas Berdsen ustidan g‘alaba qozondi. 8-turda esa oq donalarda ozarbayjonlik Eltaj Safarlini mag‘lub etdi. So‘nggi turda ispaniyalik Santos Latasa bilan durang o‘ynadi va xalqaro turnirda 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egalladi.

To‘lqin Ro‘ziyev, 
O‘zA

Kategoriler
UZA

Mo‘ynoqda kibersport bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Esports O‘zbekiston Federatsiyasi, “UzReport TV” hamda “Futbol TV” hamkorligida 2021 yilning 17-19 dekabr kunlari “Uzbekistan Cup Muynak-2021” kibersport bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkaziladi.

Mo‘ynoq tumanida bo‘lib o‘tadigan musobaqada “FIFA 22”, “PES 22”, “CS:GO”, “DOTA 2”, “PUBG mobile” va “Counter Strike 1.6” yo‘nalishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kibersportchilar ishtirok etish imkoniyatiga ega. Turnir sovrin jamg‘armasi 30,0 million so‘mni tashkil etadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA

Kategoriler
UZA

Gandbolchi qizlar Ispaniyada Eronni mag‘lub etdi

Ispaniyada davom etayotgan ayollar o‘rtasidagi gandbol bo‘yicha XXV jahon chempionatida 25-32 o‘rinlar uchun kechayotgan guruh bahslarida kecha, 9 dekabr kuni dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu bosqichdagi ilk o‘yinini Eron gandbolchilariga qarshi o‘tkazdi. E’tiborlisi, vakilalarimiz shiddatli musobaqada raqiblarini 37:32 hisobida mag‘lub etdi.

Ta’kidlash joizki, yurtimiz gandbolchi qizlarining mazkur yutug‘i o‘tkazib kelinayotgan jahon chempionatlaridagi birinchi g‘alabasi ekanligi bilan ahamiyatlidir. Endi terma jamoamiz a’zolari ertaga, 11 dekabr kuni kamerunliklar bilan ro‘baro‘ keladi. Eron jamoasi bo‘lsa bugun, 10 dekabr kuni Angola bilan o‘ynaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rin olgan guruhdagi Angola-Kamerun o‘yinida angolaliklar raqibini 35:24 hisobida dog‘da qoldirdi va to‘plar nisbati bo‘yicha guruh yetakchiligini egallab turibdi.

Jahon chempionatida 25-32 o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan 2-guruhdagi o‘yinlarda esa Slovakiya Tunisni 31:27 hisobida, Paragvay Xitoy terma jamoasini 30:24 natijasi bilan taslim etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston-Angola o‘yini 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, 
O‘zA